18 +  RSS  E-mail
16:08, 15 10 2018

Avstraliyalik olimlar DNK tahlilining yangi usulini ixtiro qilishdi


Sud-tibbiyot ekspertlari yaqinda jinoyatchilarni ushlash uchun yangi qurolga ega boʻlishi mumkin. Avstraliyalik tadqiqotchilar inson DNKsini oʻrganish usulini ishlab chiqdilar, bunda hatto mikroskopik izlardan ham foydalanish mumkin. DNK tahlilining yangi usulini kashf qilingani haqida Adelaide shahridagi Flinders universiteti veb-sayti xabar qiladi.

Foto: iStock

Janubiy Avstraliyaning Flinders universiteti tadqiqotchilari guruhi yangi kimyoviy reaktiv ishlab chiqdi. Hatto mikroskopik va zararlangan izlardan tergov qilinadigan oʻsha joyda DNKni aniqlasa boʻladi.

Zamonaviy kriminalistikaa jinoyat sodir etilgan joyda tasodifan qoldirilgan genetik izlarni tahlil qilishga qodir. Darhaqiqat, biror narsaga bexosdan tegilgan izdan insonni aniqlashga va gumonlanuvchilarni jinoyatga aloqadolrligini aniqlashga yordam beradi. Ammo aniq identifikatsiyalash bunday izlarning sifatiga ham bogʻliq.

Professor Adrian Linac boshchiligidagi bir guruh olimlarning ixtirosi mutaxassislarga jinoyat sodir etilgan joyda nafaqat iz qoldirib ketgan shaxsning kimligini aniq belgilashga imkon beradi, balki jinoyat qachon sodir boʻlganini ham bilish mumkin. Tadqiqotchilar DNKni tahlil qilishda son va vaqtinchalik parametrlarni aniqlash imkoniyatiga ega boʻlgan yangi sinovni ishlab chiqdilar.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.