18 +  RSS  E-mail
15:15, 13 10 2018

Bedavo dardni yuqtirib…


Rossiya  davlatiga  ishlash uchun ketgan, endigina 30 bahorni koʻrgan Botir Toxirov (ism-shariflar oʻzgartirilgan) tartibsiz  hayoti, notanish ayollar bilan munosabati oqibatida oʻziga OIV infektsiyasini yuqtirib keldi.

Foto: ifemme.ru

Xorijdan qaytgan Botirni toʻxtovsiz yoʻtal bezovta qilardi. U Urganch shahridagi sil kasalliklari dispanserida yotib davolanadi. Qilingan barcha muolajalar ham natija bermagach,  shifokorlar OITS  markazida tekshirib koʻrish maqsadida undan qon olishadi.

Koʻp oʻtmay uni OITS markazi shifokorlari chaqirtirishadi va qonida OIV infektsiyasi borligini aniqlashganligini  aytishadi. U mazkur markazda roʻyxatga qoʻyiladi. Ushbu kasallikni boshqa shaxsga yuqtirgan taqdirda jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida Botirga tushuntirishadi va tilxat olishadi.

Kunlarning birida Baxtiyor Iroda bilan tanishib qoladi  va turmush qurishadi. Shu taxlitda ancha vaqtgacha birga yashashadi. Ammo ayol oʻzida sodir boʻlayotgan qandaydir oʻzgarishlardan soʻng shifokorlarga murojaat etishga majbur boʻladi. Ana shu paytda Botirning Irodadan yashirgan yolgʻoni ochilib qoladi. Botir  Toxirov qilmishidan pushaymon boʻladi, axir u bu haqda tegishli tilxat bergan edi-da.

Shu yuzadan boʻlib oʻtgn sud majlisida Botir Toxirov Irodaga kasalligi haqida aytmaganligiga iqror boʻldi va sud hukmiga binoan uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum etildi.

                        Feruza TANGRIBERGANOVA.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.