18 +  RSS  E-mail
13:44, 12 10 2018

Soxta diplom “dardiga” sherik. Ziyofatni qoʻshib qanchaga tushdi?


Rossiya davlatiga borib ishlab yurgan R.M. oliy maʼlumotli boʻlishni istab qoldi. U birdan qaysidir oliy dargohning talabasi boʻlishi haqida oʻylay boshladi. Nihoyat uning “dardiga” sherik boʻladiganlar topildi…

Foto: yandex.ru

Hazorasp tumanida tugʻilgan R.M. muammosi hal boʻlganidan juda quvonib ketdi. Axir bir dumalab oliy maʼlumotli mutaxassis boʻlish osonmi? Endi u baʼzi tengdoshlari  qatori…

Shunday qilib, soxta diplomni qoʻlga kiritgan R.M. birga oʻqigan sinfdoshlarini chaqirib kattagina ziyofat ham berdi. Axir qimmatbaho diplomga ming chigʻiriqlardan oʻtib erishiladi-ku…

U esa bir zumda qoʻlga kiritgan diplomidan mamnun holda xorijda ishlashni ham yigʻishtirdi. Hazorasp tumanidagi  26-son maktabga oʻqituvchi boʻlib ishga kirdi. Jismoniy tarbiya fanidan yoshlarga “fan sirlarini chuqur oʻrgata boshladi”.

Ammo, bu faoliyat uzoqqa choʻzilmadi. Uning “Fargʻona Davlat universitetida oʻqiganligi” siri oshkor boʻlib qoldi. Elning ogʻziga elak tutib boʻlarmidi. Shu haqdagi gaplar bolalab ketaverdi. Oxiri bu gap huquq-tartibot organlariga borib yetdi. Shu yuzadan tekshirish oʻtkazildi. Haqiqat  yuzaga chiqdi.

Sud majlisida suvdan quruq chiqishga uringan R.M. “haqiqatdan ham Fargʻonada kontrakt-shartnoma bilan oʻqiganligini” gapirdi. Qilni qirq yoradigan huquq-tartibot xodimlari esa haqiqatni  topishdi…

Ana shunday qilib soxta diplom egasi yana oʻzining oldingi ishiga qaytishga, qilmishiga yarasha jazosini olishga majbur boʻldi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.