18 +  RSS  E-mail
13:47, 12 10 2018

Buyuk Britaniyada havo tozalanadigan avtobus ishga tushirildi


Foto: hi-news.ru

Shahar jamoat transporti (agar u, albatta, elektr boʻlsamasa) atrof muhitga juda koʻp zararli moddalarni chiqaradi. Lekin biz transportni ekologik jihatdan toza qilsak ham biz allaqachon ifloslagan havo hech qayoqqa ketmaydi. Go-Ahead kompaniyasi vakillari bu muammoni yechishga kirishdilar. Buyuk Britaniyaning shaharlaridan birida havoni tozalaydigan avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Janubiy Angliyadagi Sautgempton shahri aholisi tajribada qatnashish baxtiga muyassar boʻldi. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dizel yonilgʻida ishlaydigan transport vositasi koʻp boʻlganligi tufayli Sautgempton Buyuk Britaniyadagi eng ifloslangan shaharlardan biridir. Shuning uchun tanlov juda oʻzini oqlagan.

Pall Aerospace mutaxassislari Bluestar liniyasidagi avtobus tomini oʻrnatish uchun maxsus tozalagich ishlab chiqdilar. Tozalagich katta avtomobil spoyleriga oʻxshaydi. Avtobus harakatlana boshlagach, moslama ham ishga tushadi. Zararli zarrachalar tozalagichda qoladi va toza havo chiqaradi.

Tozalangan havo hajmi ozdek, lekin haqiqatda bunday emas. Ishlab chiqaruvchilarning fikriga koʻra, avtobusda muntazam ravishda qatnarkan, yoʻlning yuzasidan 10 metrgacha balandlikdagi havoni tozalaydi. Bundan tashqari, avtobus tomidagi katta fil’trning mavjudligi avtomobil va yoʻlovchilarning harakatiga hech qanday toʻsqinlik qilmaydi. Bundan tashqari, ekspertlarning fikriga koʻra, agar bunday fil’trlar Sautgemptonning barcha avtobus parkida oʻrnatiladigan boʻlsa, shaharda havo har yili bir necha marta tozalanadi.

Go-Ahead rahbari Devid Braunning soʻzlariga koʻra, «Oʻz loyihamiz bilan avtobuslar faqat transport vositasi emasligini koʻrsatmoqchimiz. Ulardan ekologik muammolarni hal qilishda ham foydalanish mumkin. Xususan, shaharda havoni tozalash uchun «


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.