18 +  RSS  E-mail
8:38, 11 10 2018

Xitoyning eng boy odamidan maslahatlar


Faqat ahmoqlar gapirish uchun ogʻizni ishlatadilar. Aqlli boshi bilan, donishmand yuragi bilan gapiradi.

Foto: shock.ee

Jek Ma yoki Ma Yun (tugʻilgandagi ismi) Xitoydagi eng boy odam va dunyodagi yetakchi milliarderlardan biri hisoblanadi. Alibaba Group asoschisining boyligi 41 milliard dollardan ziyod.  Internet-biznes bilan shugʻullanadigan kompaniyaning taxminiy bahosi «Gazprom», Apple, Microsoft i Google ning jami qiymatidan oshib ketadi. / DADIL.UZ

Agar yigʻilishda qatnashayotganlarning 90 foizi u yoki bu taklifga “roziman” deb ovoz bersa, taklifni savatga tashlayman. Buning sababi oddiy: agar maʼqullaganlarning barchasi bu imkoniyatni juda aniq koʻrishsa, unda koʻplab boshqa kompaniyalar bu masala ustida ishlamoqda va biz bu yoʻnalishda yetakchilik qila olmaymiz.

2001 yilda men xato qildim. Men kompaniyani birga tashkil qilgan xodimlarimga kompaniyadagi martaba cheklovlari menejer darajasidan oshmaydi, deb tushuntirdim. Vitse-prezident va yuqori darajasidagi bosh menejerni yollash uchun chetdan professionallarni topish kerak, deb oʻylardim.

Bir necha yil oʻtgach, kompaniyada bu lavozimga yollangan mutaxassislarning hech biri ishlamaydi, lekin men shubha qilgan xodimlar vitse-prezident vazifasi va hatto undan yuqori darajadagi ishlarni mukammal bajarmoqda.

Menda amal qiladigan qonun-qoida bor: ishingizga boʻlgan munosabat va qabul qilgan qaroringiz qobiliyatingizga qaraganda muhimroqdir.

Siz har kimni xuddi shu tarzda oʻylashga majbur qila olmaysiz, lekin barchani bitta umumiy maqsadga ishonishga majbur qilishingiz mumkin.

Xodimlaringizni bir xil oʻylab koʻrishga majburlash harakatiga urinmang, bu mumkin emas. Siz uchun ishlaydigan odamlarning uchdan biri sizga ishonmaydi. Ularni «shaxs uchun» ishlashiga yoʻl qoʻymang. Buning oʻrniga ularni umumiy maqsad yoʻlida birlashtiring.

Odamlarni zoʻr bir yetakchi atrofida birlashtirishdan koʻra umumiy maqsad yoʻlida birlashtirish osonroqdir.

     Yetakchi va xodim oʻrtasida qanday farq bor?

Kompaniyaning rahbari hech qachon texnik koʻnikmasini xodimlarning mahorati bilan taqqoslamasligi kerak. Xodimlarning texnik koʻnikmasi har doim siznikidan yaxshiroq boʻlishi kerak. Aks holda siz odamlarni notoʻgʻri yollagan boʻlasiz.

     Unda yetakchi nimasi bilan ajralib turadi?

Kompaniyaning rahbari korxonani koʻp yillik rivojlanishini oldindan koʻrishi kerak.

Rahbar oddiy xodim kuchi yetmaydigan vazifaga chidashi uchun qatʼiy feʼl-atvorli boʻlishi kerak. U taqdirning zarbalariga chidash va muqarrar muvaffaqiyatsizlikdan chiqish kabi ulkan qobiliyatlarga ega boʻlishi kerak.

Shunday ekan, yaxshi yetakchi koʻra bilish, qatʼiyat va feʼl-atvor mavjudligi bilan ajralib turadi.

     Siyosat bilan shugʻullanmang

Siyosat va pul kamdan-kam hollarda bir qoʻlda boʻlishi mumkin. Agar siyosatga kirishgan boʻlsangiz, biznesni unuting. Va teskarisi. Pullar siyosat bilan uchrashganda,  bu gugurt dinamit bilan toʻqnashiga teng — portlashni kuting.

    Zamonaviy yoshlarga 4 ta savol

Haqiqiy magʻlubiyat nima? Haqiqiy magʻlubiyat — bu kurashning toʻxtashi.

Moslashuvchanlik nima? Muvaffaqiyatsizlik, ogʻir hayotiy vaziyat va umidsizlikka duch kelganda moslashuvchanlik  nimaligini anglaysiz.

Sizning majburiyatingiz nimada? Sizning majburiyatingiz boshqalarga qaraganda koʻproq ishtiyoqliroq boʻlish, koʻproq ishlash va koʻproq harakatchanlikka ega boʻlishdir.

Faqat ahmoqlar ogʻzini gapirish uchun ishlatadilar. Aqlli boshi bilan, donishmand yuragi bilan gapiradi.

Biz toʻliq kuch bilan yashashimiz uchun dunyoga keldik. Men har doim oʻzimga biz ish uchun emas, balki hayotdan lazzat olish uchun dunyoga kelganmiz deb aytaman. Boshqa odamlar hayotini yaxshilash uchun, lekin hamma vaqtimizni ish joyida sarflamaslik uchun.

Agar siz hamma vaqtni ish joyingizda oʻtkazsangiz, ertami-kechmi afsuslanasiz.

     Raqobatchilar va raqobat haqida

Faqat ahmoqlargina raqobatchilariga nisbatan tajovuzli munosabatda boʻladi. Agar siz atrofingizdagi barchani dushman deb hisoblasangiz, ular sizning dushmanlaringiz boʻladi.

Bir-biringiz bilan raqobatlashganingizda, nafratdan saqlaning, u sizni nobud qiladi.

Raqobat shaxmat oʻyiniga oʻxshaydi. Agar magʻlubiyatga uchrasangiz, har doim yana bir marta oʻynashingiz mumkin. Mushtlashish shart emas. Haqiqiy tadbirkorning dushmani yoʻq. Buni tushunganingizdan soʻng, hech kim sizni toʻxtata olmaydi.

     Zorlanish va shikoyatlar haqida

Agar baʼzida oʻzingizga zorlanishga ruxsat bersangiz, buning tashvishli joyi yoʻq.

Agar siz muntazam ravishda depressiyaga tushsangiz va koʻpincha hayotdan shikoyat qilsangiz, u alkogolizmga oʻxshaydi — siz qanchalik koʻp ichsangiz, toʻxtatish yanada qiyin boʻladi. Muvaffaqiyatga erishish yoʻlida siz muvaffaqiyatli odamlar shikoyat qilmasliklari yoki zorlanmasliklarini sezasiz.

Dunyodagilarga sizning nima deyishingiz emas, balki nima qilayotganingiz muhim.

     Tadbirkorlarga tavsiyalar haqida

Haqiqiy imkoniyatlar hech kim koʻrmagan joyda yotadi. Sizning xodimlaringiz quvonch bilan ishga kelishiga harakat qiling.

Birinchisi mijozlar. Ikkinchisi xodimlar. Va faqat shundan keyin uchinchi raqam — aktsiyadorlar.

Boshqalar sezmasidan oldin yangi sharoitlarga moslashishni boshlang.

Pulni unuting va uni qanday qilib ishlab topishni ham.

Baʼzi mayda-chuydalarga oʻralashish oʻrniga barqarorlik va uzoq muddatli rejalarga eʼtibor bering.

Sizning munosabatingiz qanchalik uzoqqa boshrishingizni belgilaydi.

     Tadbirkorlik haqida

Koʻpincha yaxshi imkoniyatni aniq tushuntirish qiyin. Oson va osonlikcha tushuntirilishi odatda yaxshi imkoniyat emas.

Hamkasb sifatida sizning mahoratingizni toʻldiradigan odamni topishingiz kerak. Sizga muvaffaqiyatli odam shart emas.

Eng yaxshi odamlarni emas, balki toʻgʻri odamlarni izlang. Bu dunyoda eng ishonchsiz holat odamlar oʻrtasidagi munosabatdir.

     «Bepul» — juda qimmat soʻz.

Bugun oson boʻlmaydi, ertaga yanada yomonroq, lekin indinga hamma narsa yaxshi boʻladi.

     Nima qilmaslik kerak?

Tadbirkor uchun eng yomon xislatlar: oʻzini bilimdon hisoblash, vaziyatni yetarlicha baholamaslik, yuqori surʼatni olish va uni saqlab turish imkoniyatiga hamda kelajakni koʻrish qobiliyatiga ega emaslik.

Agar raqobatchilaringiz haqida hamma narsani bilmasangiz yoki ularga toʻgʻri baho bermasangiz yoki ularning tahdidini koʻrmasangiz, siz albatta yutqazasiz.

Agar raqibingiz sizdan kichikroq yoki juda zaif boʻlsa, siz unga teng munosabatda boʻlishingiz kerak. Xuddi shuningdek, agar raqibingiz sizdan koʻra kattaroq boʻlsa, undan qoʻrqmang.

      Sizning biznesingiz haqida

Siz oʻz biznesingizni boshlaganingizda bu sizga barqaror daromad, kasallik nafaqasi va yillik bonuslardan voz kechishni anglatadi.

Boshqa tomondan, daromadingiz hech narsa bilan cheklanmaydi, vaqtni yanada samarali ishlatasiz va boshqa odamlardan ruxsat soʻrashga toʻgʻri kelmaydi.

Agar qaroringiz tengdoshingiznikidan farq qiladigan boʻlsa, unda hayotingiz ham u yoki bu tomonlama farqlanadi.

Latofat SAILXANOVA tayyorladi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.