18 +  RSS  E-mail
10:01, 11 10 2018

Volgograd viloyati Oʻzbekiston hududlari bilan biznes aloqalarini rivojlantirmoqda


Volgograd viloyati maʼmuriyatida Xorazm viloyati (Oʻzbekiston) delegatsiyasi bilan mintaqalararo hamkorlik istiqbollariga bagʻishlangan ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi — investitsiyalarni jalb qilish, mintaqalar oʻrtasida iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishdir.

Foto: Volgograd viloyati gubernatori matbuot xizmati

— Biz mehmonlarni muqaddas Volgograd oʻlkasida kutib olganimizdan xursandmiz va bu yerda sizning biznes va madaniy kunlaringizni birlashtirish uchun dasturni ishlab chiqishga harakat qildim, dedi Volgograd viloyati hokimi oʻrinbosari Vladimir Shkarin. — Bizni koʻp jihatlar, avvalambor, iqtisodiy aloqalar yanada yaqinlashtiradi. Bizning koʻplab tutash nuqtalarimiz bor va biz hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdormiz.

Mintaqaviy iqtisodiy siyosat va rivojlanish qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilning birinchi yarmida Volgograd viloyatining tashqi savdo operatsiyalari hajmi Oʻzbekiston bilan 33,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, shundan eksport hajmi (29,6 mln. AQSh dollari) ustun turadi.

Volgograd va Voljskiyning bir qator yirik sanoat korxonalari oʻz mahsulotlarini respublikaga yetkazib berishmoqda. Mintaqamizning Oʻzbekiston bilan ishbilarmonlik aloqalari savdo va ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, transport, fan, ijtimoiy siyosat, madaniyat va sport sohalarini qamrab olgan.

Oʻzbekiston delegatsiyasining rahbari, Xorazm viloyati hokimining hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonlarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shavkat Toʻlaganov Volgogradga tashrifi davomida katta umidlar uygʻotganligini taʼkidladi:

— Bizning delegatsiya Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston subʼektlari oʻrtasida yirik mintaqalararo forumga tayyorgarlik doirasida Xorazmdan Volgograd viloyati korxonalari bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini oʻrnatish uchun tashrif buyurdi. Volgograd bizni sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish sohasi, xususan, tibbiyot bilan koʻproq qiziqtiradi. Biz Volgograd viloyatiga mahsulotimizni yetkazib berishni yanada kengaytirishni istaymiz. Bular — birinchi navbatda yangi va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari hamda yuqori sifatli toʻqimachilik mahsulotlari. Bundan tashqari, katta tajribaga ega boʻlgan  Volgograd viloyatidagi hamkasblarimizga mintaqamizda muhandislik, farmatsevtika, chorvachilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida qoʻshma korxona tuzish uchun qator investitsiya loyihalari taklif etmoqchimiz.

Oʻzbekiston delegatsiyasi investitsiya portfelini taqdim etdi, unda yuzdan ziyod loyiha, aniq ishbilarmonlik takliflari mavjud. Turistik almashuvlar, qoʻshma sayyohlik kompaniyalari tashkil etish va turistik biznes infratuzilmasini rivojlantirishda hamkorlik qilish boʻyicha qiziqarli gʻoyalar mavjud. Xorazm viloyatining afsonaviy diqqatga sazovor joylaridan biri dunyodagi sayyohlar uchun jozibador boʻlgan, YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan qadimiy Xiva shahridir.

Soʻnggi yillarda Volgograd viloyati tashqi iqtisodiy aloqalarni faol ravishda olib bormoqda. Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharov eksport hajmlarini ikki barobar oshirish va tashqi savdo sohasida eksportga yoʻnaltirilgan tarmoqlarning maksimal miqdorini jalb qilish vazifasini qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Rossiya eksport markazi va mintaqaviy eksportni qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan Volgograd korxonalari tashqi bozorga chiqishlariga yordam koʻrsatiladi. U seminarlar, xorijda biznes tashriflarini tashkil etadi, tadbirkorlar yirik xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etishiga yordam beradi, konsalting va ekspertlik xizmatlarini koʻrsatadi va REM taʼlim dasturida treninglar oʻtkazadi. Faqatgina 2018 yilda Belarus Respublikasi, Turkiya, Armaniston, Yekaterinburg, Hindiston, Frantsiya va Oʻzbekiston biznes tashriflar oʻtkazildi.

2018 yil avgust oyida Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharov mintaqamizning vakolatli delegatsiyasi Eronning Mazandaran viloyatiga tashrif buyurdi. Buning natijasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Sentyabr oyining boshida Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin va Eron Majlisi spikeri Ali Larijoniy Eron va Rossiya parlamentlararo komissiyasining birinchi yigʻilishini Volgograd shahrida oʻtkazdi.

Yuliya GRECHUXINA.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.