18 +  RSS  E-mail
7:03, 10 10 2018

Putin Gʻarbga qarshi yangi front ochmoqda


Britaniya maxsus xizmatlari rahbarlari Vladimir Putinning Liviyani «oʻzining yangi Suriya»siga aylantirish rejasi borligini maʼlum qilishdi.

Angliyaning The Sun gazetasi Vladimir Putinning Yevropaga noqonuniy migratsiya yoʻllarini nazorat qilish strategik rejasi haqida yozadi.

Ushbu maqola mamlakat maxsus xizmatlari rahbarlari Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyga gʻisobot berganligi gʻaqidagi xabar bilan boshlanadi. Britaniya razvedkasi xabar berishicha, Vladimir Putin Liviyani yana bir Suriyaga aylantirishni rejalashtirmoqda.

The Sun yozishicha, Liviyaning sharqiy qismida Rossiya bosh razvedka boshqarmasi va maxsus kuchlar boʻlinmalarining oʻnlab zobitlari joylashgan. Hozircha Rossiya harbiylari aloqa va taʼlim funktsiyalarini bajarmoqda. Tobruk va Bengazi shaharlarida ikkita rus harbiy bazasi joylashgan. Ularga panoh sifatida Rossiyaning mashhur «Vagner guruhi» xususiy harbiy kompaniyasi xizmat qilmoqda.

Liviyaga “Kalibr”  va S-300 raketa tizimlari yetkazilganligi xabar qilinadi. Moskva Liviyaning eng qudratli harbiy rahbari, general Xalifa Xaftar bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini qayd etadi The Sun. Bundan tashqari, uning qoʻshinlari Rossiyadan ogʻir texnikani olmoqda. Liviya milliy armiyasining bosh qoʻmondoni Xaftar mamlakatning katta qismini nazorat qiladi.

Britaniyaliklar Shimoliy Afrika qirgʻogʻida Rossiya harbiy bazasining mavjudligi rus flotining Oʻrta yer dengizining gʻarbiy hududida operatsiyalarni amalga oshirishiga imkon beradi, deb hisoblashadi. Bundan tashqari, bu Gibraltar boʻgʻoziga tahdid solishi mumkin.

Shuningdek, Buyuk Britaniya parlamentining deputatlari mamlakatning muhojirlar oqimini toʻxtatishga zaifligi va Liviyada neft larzasi sodir boʻlishidan ham xavotirda.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.