18 +  RSS  E-mail
7:07, 10 10 2018

OAV: telejurnalist Viktoriya Marinovani oʻldirishda gumonlanuvchi shaxs ozod qilinadi


Bolgariya milliy televideniyasi maʼlumotiga koʻra, Ruminiya fuqarosi aybiga oid obʼektiv maʼlumotlarni topishmadi.

Foto: tass.ru

Bolgariya politsiyasi tomonidan jurnalist Viktoriya Marinovaning oʻldirilishi bilan bogʻliq tergov jarayonida hibsga olingan ruminiyalik fuqaro ozodlikka chiqariladi. Bu haqda Bolgariya milliy televideniyasi Ruse shahridagi politsiya manbalariga tayanib xabar qiladi. Gumonlanuvchi shaxsning aybiga oid hech qanday obʼektiv maʼlumotlar topilmadi.

Ruse politsiya boshqarmasining direktori Teodor Atanasov ilgari shunday degan edi: «Uning aybdor emasligi tekshirilishi uchun 24 soatgacha ushlangan va rasmiy ravishda hech qanday jinoyat sodir qilganlikda gumon qilinmaydi».

Bolgar jurnalistlari, jumladan, mamlakatning yetakchi telekompaniyalari vakillari, Ruse politsiyasi binosi oldida prokuraturadan rasmiy maʼlumotni kutib, bir necha soat davomida navbatchilik qilib turishgan, biroq hozircha hech qanday bayonot berilmadi.

30 yoshli jurnalist bilan yuz bergan fojia shanba kuni tushdan keyin Ruse shahrida sodir boʻlgan. Dunay daryosi boʻyida odam boʻlmaydigan daqiqalarda qiz kaltaklangan va zoʻrlangan. Kriminalistlarning aytishicha, boshga zarba berish va boʻgʻish  natijasida u vafot etgan.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.