18 +  RSS  E-mail
10:30, 08 10 2018

«Qiz keyin»: kelinning ziqna oilasi qozogʻistonlik yoshlar toʻyini bekor qilishga olib keldi


Bir qozoq ayoli dugonasining boʻlajak qudalar bilan kelisholmaganligi haqida hikoya qilgandi. Boy boʻlmagan oiladan juda koʻp narsa soʻraganlar va natijada toʻy bekor qilingan, deya xabar beradi NUR.KZ.

Foto: bento.net

Qozoq ayoli ushbu voqeani «Feycbuk» ijtimoiy tarmogʻidagi «Ostona, maqtamoqchiman/shikoyat qilmoqchiman» guruhida chop etdi.

Dugonasining otasi 8 yil oldin vafot etgan. Natijada muallifning dugonasi oiladagi barcha ishlarni oʻz zimmasiga oldi, uka va singillarini oyoqqa qoʻydi.

Uning ukasi sevganini topdi va ularning toʻylari 6 oktyabr kuni boʻlib oʻtishi kerak edi. Toʻylarning barcha xarajatlari, tabiiyki, zaifa qizning yelkasiga tushdi. Lekin oilaning yagona nasl davomchisini uylantirish lozim edi.

Tanishgan paytdan boshlab kelinning ota-onasi qiziga sovgʻalar talab qila boshlashdi.

Shunday qilib, bobosi uchun palto, otasiga — ot va poʻstin, onasiga — norka poʻstin, ukalariga — oltin qoʻlqop, 500 ming tanga, gilam va boshqa mayda-chuydalar soʻralgan.

Restoranga buyurtma berilgach, kelinning tugʻishganlarining talablari koʻpaydi. Endi otasiga oltin, onasiga brilliant taqinchoqlar, toʻyga olib boriladigan 24 odamning har biriga odeyal va ikkita yostiqdan.

Bundan tashqari, 500 ming tanga oʻrniga bir million tanga talab qilishdi.

Keyin kuyov opasining sabr-toqati tugadi: ot ham, million ham boʻlmaydi. Bobosiga kiyim, otasiga poʻstin va qoʻlqop uchun faqat 300 ming tanga berishini aytdi.

Qarindoshlar rozi boʻlmadilar va qizini erga bermasliklari bilan tahdid qildilar.

Bundan tashqari, ular kuyovning oilaviy ahvolini inobatga olib, bir million pulni keyin berishni taklif qilishdi.

Katta opa oilasi bilan maslahatlashganidan soʻng toʻy boʻlmaydi, degan qarorga keldi.

Kuyovning oʻzi toʻyga tayyorgarlik va cheksiz talablar bilan oʻtgan bir yarim oyda yuz marta qayta oʻyladi. Toʻy xarajatlari uchun oldindan toʻlangan pullarni iloji boʻlgan joydan qaytarib olishdi va toʻy bekor qilindi.

“Ota-ona nimaga erishdi? Kelin uzatuvga taklif etilgan mehmonlarga nima deyishadi? Nima uchun bularning hammasi zarur edi? «, hayron boʻlib yozadi maqola muallifi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.