18 +  RSS  E-mail
10:34, 08 10 2018

Makgregorga hujum qilishdi, Habibga pivo bankasi otishdi


Toʻrtinchi raundda Konorni boʻgʻish usuli bilan magʻlubiyatga uchratgan Habib Nurmagomedov gʻalabadan soʻng temir katakdan sakrab oʻtdi. Keyin esa Makgregorning doʻsti va sparring hamkori Dillon Denisga hujum qildi. Bundan tashqari, Habibning sekundanti va UFC kurashchisi Zubayr Tuxugov, Habibning amakivachchasi Abubakir Nurmagomedov va kurashchi Asadulla Amirgayev temir katakka kirishdi. Ularning har biri magʻlub boʻlgan irlandiyalik kurashchi bilan jang qilishga harakat qilardi.

Foto: sports.ru

Natijada Habib va Konor politsiya kuzatuvida zalni tark etishdi.

Zaldagi muhit shunday boʻlgach, Deyna Uayt Habibga chempionlik kamarini bermadi. «Agar sizlarga chempionlik qamarini bersam, olomon senga hujum uyushtiradi», dedi UFC rahbari.

UFC sharhlovchisi Jo Rogan shunday dedi: «Bu men janglarda qatnashgan vaqtning eng telbali onidir.»

Habib jamoasining uch nafar aʼzosi politsiya tomonidan ushlangan, ulardan faqat ikkisining nomlari maʼlum: ular dogʻistonlik kurashchining menejeri Rizvan Magomedov va kurashchi Asadulla Amirgayev. Biroq Konor Makgregor ayblov shikoyati yozmadi va hamma ozodlikka chiqdi, dedi UFC prezidenti Deyna Uayt.

Zubayr Tuxugov Konorga qilingan hujumdan keyin oʻzi tasvirlangan videoni koʻrsatdi:

“Meni zarbani oʻtkazib yubordi, degan har bir kishiga ayting (yuzini koʻrsatadi) … Qayerda? Qayerda? Hech narsa! Bu politsiyasi meni itarib yubordi, videotasvirda esa goʻyo men zarbani oʻtkazganga oʻxshatib yubordi. Oʻtkazib yubormadim, hatto zarba yaqin kelmadi. Men uning (Konor) yuziga shapaloq urdim. Uni aytgan soʻzlariga javob berishga majbur qilaman, deb vaʼda berdim. Vaʼdamning ustidan chiqdim”.

Xabib oʻrgimchak odamdek harakat qilganida temir katak ichiga papoqli yigit (Abubakir Nurmagomedov, Habibning amakivachchasi) kirib ketdi. Makgregor Nurmagomedov izidan yugurmoqchi boʻldi, ammo Abubakir irlandiyalikni papogʻi bilan urib toʻxtatdi.

Abubakir Zubayrning Instagramida ham gapirdi:

«Bir soʻz bilan aytganda, men katakka kirdim. Ushbu irlandiyalik menga zarba berdi. Lekin men qarzdor boʻlib qolmadim. Bam, bum! – ikkita zarba berdim. Chap qoʻldagi papogʻim halaqit berdi».


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.