18 +  RSS  E-mail
10:25, 08 10 2018

Indoneziyada yuz bergan zilzila natijasida 152 mingdan ziyod odam vayrona ostida qolmoqda


Tabiiy ofat 65,7 mingdan ortiq uyni vayron qildi

Foto: Reuters/Darren Whiteside

Indoneziyaning Markaziy Sulavesi viloyatida yuz bergan zilzila va toʻfonlar oqibatida 152 mingdan ziyod odam vayrona ostida qolgan. Bu haqda Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi axborot va OAV bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Ahmad Ramazon Malayziya jurnalistlari bilan Palu shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qildi.

«Bizningcha, kamida 152 ming nafar aholi uylar qulaganidan soʻng tiriklayin koʻmilib qolgan», deya uning soʻzlarini keltiradi Bernama agentligi. Ofat 65,7 mingdan ortiq uyni vayron qildi, dedi u.

28 sentyabrda 7,4 magnitudali zilzila roʻy berdi va keyinchalik 360 dan ortiq yer silkinishi qayd etildi. Kuchli yerosti silkinishi toʻfonni yuzaga keltirdi va toʻlqinlarning balandligi 5-7 metrga yetdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 1648 odam halok boʻlgan, 2,5 mingdan ortiq kishi yaralangan, 70 mingdan ortiq fuqaro esa oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.