18 +  RSS  E-mail
18:54, 04 10 2018

Pentagonga zaharli moddani yuborgan shaxs konvertda o’z manzilini koʻrsatgan


Oʻsimlik tarkibiga kiruvchi ritsin juda zaharli modda.  Ritsin solingan konvert AQSh dengiz kuchlarining sobiq askari tomonidan Pentagonga joʻnatildi, deya xabar beradi  Fox News rasmiy manbalarga tayanib.

Foto: U.S. Air Force / Getty Images

Maʼlumotlarga koʻra, zaharli modda solingan konvertda qaytariladigan manzil koʻrsatilgan. Ushbu manzil orqali tergovchilar gumondorni topishdi. Sobiq harbiyning ismi oshkor etilmaydi. U hibsga olinganmi yoki yoʻqligi haqida xabar berilmagan.

Xabarlarga koʻra, konvertlar AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis va admiral Jon Richardsonga yuborilgan.

Fox News  gazetasi bunday paketlarni Ted Kruzning  Texasdagi idorasiga va Oq uyga ham joʻnatilgan, deb aniqlik kiritdi. Oxirgi oluvchi Donalьd Tramp deb koʻrsatilgan.

Taʼkidlash joizki, konvertlar davlat rahbari yoki Pentagonga kelib tushmagan, pochta boshqa xonalarda oldindan tekshirilgan.

Ritsin hidsiz oq kukun boʻlib, suvda yaxshi eriydi, tsianit kaliyga qaraganda zaharliligi olti barobar kuchli. Bu zaharga qarshi chora yoʻq. Bu zahar nafas olish yoʻllari orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri qonga, shuningdek maʼlum bir kontsentratsiyada tanaga kirsa, sogʻlikka yomon taʼsir qilib, hatto oʻlimga olib kelishi mumkin.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.