18 +  RSS  E-mail
18:48, 04 10 2018

Leningrad viloyatida odamxoʻr shaxs qoʻlga olindi


Leningrad viloyatida shafqatsiz qotillikda gumon qilinayotgan erkak va qiz qoʻlga olindi, deya xabar beradi Tergov qoʻmitasi viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.

Foto: CC0 / Public Domain /

Kirov tumanidagi qishloqda bir qavatli turar-joy binosida 21 yoshli erkakning jasadini topdilar. Jabrlanuvchi jasadining ayrim aʼzolari ajralgan. Huquq-tartibot idoralari mansabi “RIA Novosti”ga xabar berishicha, voqea joyida tovaga solingan goʻsht boʻlaklari topilgan. Oʻldirilgan odamning boshi pechda topilgan. Manbaga koʻra, odam goʻshtini isteʼmol qilish maqsadida qotillik sodir qilingan.

«Ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib 22 yoshli erkak va 12 yoshli qiz hibsga olindi», — deya taʼkidladi Tergov qoʻmitasidagilar.

Tergov organi taʼkidlashicha, 2 va 3 oktyabr orasida uy egasi va uning mehmonlari oʻrtasida janjal sodir boʻldi. Gumonlanuvchi qurboniga bir necha marta pichoq urgandan soʻng  vafot etgan shaxsning tanasining ayrim aʼzolarini ajratib qoʻydi.

Tergovchilarning soʻzlariga koʻra, yoshlar Sankt-Peterburgdagi kafeda uchrashishgan, keyin ular bir necha kun oʻldirilgan shaxsning uyida yashab kelishgan.

Tergov qoʻmitasining hisobotida koʻrsatilishicha, qotillikda ishtirok etgan 12 yoshli qiz, voyaga yetmagan sifatida soʻroq qilinib, oʻsmirlar uchun maxsus muassasaga yuborilgan.

«Bundan tashqari, tergov organi oʻldirilgan shaxs tanasining aʼzolari ovqatga ishlatilganligini tekshirmoqda.

Tergovchilar ehtiyot chorasi va ayblov eʼlon qilish masalasini hal etishmoqda.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.