18 +  RSS  E-mail
14:05, 02 10 2018

Mutaxassislar bir barrel neft narxining 100 dollargacha koʻtarilishini taxmin qilishdi


Foto: rddms.ru

Neft bahosi yana bir bor oʻsishni koʻrsatdi. The Wall Street Journal dagi maqolada tahlilchilar 2015 yildan beri birinchi marta 100 dollarga qaytishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar.

Uchinchi chorak uchun Brent nefti f’yuchersda 4,1 foizga koʻtarildi – yaʼni bir barrel neft 82,72 dollarga yetdi. Brent nefti narxi ketma-ket beshinchi chorakda koʻtarildi, bu 2008 yildan beri eng uzoq muddatli oʻsish boʻlgan.

Investorlar 4 noyabrda Eronning neft eksportiga nisbatan sanktsiyalar joriy etilishi munosabati bilan narxlar yana oshishini kutishmoqda. Bozordan Eron neftini bartaraf etish bilan birga Venesuela kabi davlatlarda neftni yetkazib berishdagi uzilishlar tanqislikka olib keladi. «Hozirgi kunda bunday geosiyosiy vaziyat bilan neft bozorida jonlanish kuchayadi,» — dedi Barclays bosh tahlilchisi. Maykl Koen.

Rossiya hukumati huzuridagi tahlil markazi tadqiqot boshqarmasi rahbari Aleksandr Kurdin Eronga qarshi AQSh sanktsiyalariga moslashish davrida bir barrel neft narxi vaqtinchalik 90 va 100 dollargacha koʻtarilish mumkin. Vaziyat 2019 yil boshigacha maʼlum boʻladi.

Saudiya Arabistoni Eron neftining yetishmovchiligini toʻldirishiga ishonch bildirdi. Tahlilchilar AQSh iqtisodining yuqori oʻsish surʼatlari yonilgʻi isteʼmolining rekord darajasiga taʼsir qilishiga amin boʻlmoqdalar. Bunday tahlillar 2014 yil sentyabrdan buyon bir barrel  Brent  neftining eng yuqori koʻrsatkichi 100 AQSh dollarga yetishi kutilmoqda.

Dushanba kuni savdolar davomida neft narxi soʻnggi bir necha yil mobaynida eng yuqori koʻrsatkichlar boʻyicha qolmoqda. 1 oktyabrdan boshlab Brent neftining bir barreli 83,16 dollarga baholanmoqda.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.