18 +  RSS  E-mail
13:56, 02 10 2018

Makedoniya saylov komissiyasi referendumni nomaqbul deb topdi


Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Makedoniya Respublikasi Davlat saylov komissiyasi raisi Oliver Derkoskining aytishicha, Gretsiya bilan bitim boʻyicha mamlakat nomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi referendum muvaffaqiyatsiz tugadi.

Komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, plebistsitda saylovchilar umumiy sonining 36,91 foizini, yaʼni 666 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Ovoz berganlar orasida 91,46 foizi Skope bilan Afina oʻrtasida imzolangan shartnomani qoʻllab-quvvatladi, 6,56 foizi esa rad etdi.

«Referendumda qaror qabul qilinmadi, chunki roʻyxatga olingan saylovchilarning yarmidan koʻpi ovoz bermadi», — dedi Derkoski.

Saylov komissiyasi rahbari — eng yirik muxolifat partiyasi VMRO-DPMNE tarafdorining fikrini hukumat aʼzolari eʼtiborsiz qoldirdi. Yevropa integratsiyasi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari Buyar Osmanining aytishicha, «texnik» malaka masalasi hozirgi vaziyatni aks ettirmaydi.

Mudofaa vaziri Radmila Shekerinska mamlakat kelajagi haqidagi qarorni ovoz bergan fuqarolar tomonidan amalga oshirilganini, ularning aksariyati «Evropa Makedoniyani qoʻllab-quvvatlaganini» taʼkidladi.

Yaqin 15 kun ichida saylov komissiyasining plebistsit boʻyicha maʼruzasi rasmiy nashr tomonidan eʼlon qilinadi va mamlakat parlamentiga yuboriladi.

Nomini oʻzgartirish

Oʻn yettinchi iyunda Gretsiya hukumati Makedoniya Respublikasi bilan shartnoma imzoladi. Shartnomada  tomonlar Makedoniya Respublikasi nomi Shimoliy Makedoniyaga oʻzgartirilishi  pozi boʻlishgan. Bu esa Skop’eni NATO va Yevropa Ittifoqiga yoʻl ochishiga imkon beradi.

Referendum natijasini qabul qilish uchun Bosh vaziri Zoran Zayev partiyasi 120 ta ovozdan 81 ta ovoz olishi lozim. Hozirda hukumat koalitsiyasi rasmiy ravishda 69 mandatga ega.

Referendumda quyidagi savol  bor edi: «Siz Makedoniya Respublikasi va Gretsiya Respublikasi oʻrtasidagi shartnoma qabul qilinishi bilan Yevropa Ittifoqi va NATOga qoʻshilishni qoʻllab-quvvatlaysizmi?


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.