18 +  RSS  E-mail
13:28, 01 10 2018

Qardosh xalqlar hamkorligining yangi bosqichi


Foro: facebook.com/hokimermanov/

Soʻnggi yillarda Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar jadal rivojlanmoqda. Doʻst va qardosh davlatlar oʻrtasida turli darajadagi oʻzaro tashriflar faollashdi.

Kuni kecha viloyatimizga Turkiyaning Bolu shahar hokimi Alaaddin Yilmaz tashrif buyurdi. Hurmatli mehmonni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F. Ermanov kutib oldi. Hokimlar muloqotni ikki tomon rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar.

Muzokarada turizm, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida oʻzaro hamkorlikda hali foydalanilmagan imkoniyatlar koʻpligi, ushbu tashrif Xorazm viloyati va Bolu shahri madaniyat xodimlari, ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalar rivojiga yangi surʼat baxsh etishi taʼkidlandi.

Shuningdek, turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega ekanligimiz va bundan toʻla foydalanish, sayyohlar almashinuvini oshirish ulkan iqtisodiy samara berishi haqida ham hokimlar fikr almashishdi. Shundan soʻng, Turkiyaning Bolu shahar hokimi Alaaddin Yilmaz va qadimiy Xiva shahrining hokimi Erkin Yoqubovlar madaniyat aloqalarini, turizm rivojlantirish va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir hujjat imzolashdi.

Alaaddin Yilmaz va F. Ermanov ushbu hujjat Bolu va Xiva shaharlari oʻrtasidagi uzoq istiqbolli hamkorlikni boshlanishi deya taʼkidladilar. Hurmatli mehmon tashrifi doirasida Xiva shahrida ham boʻldi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.