18 +  RSS  E-mail
14:05, 01 10 2018

Anapalik fuqaro mavjud boʻlmagan xonadon uchun 100 million rubldan ortiq pul ishladi


Foto: «12 stul» filmidan

Anapa shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari qariyb 30 nafar xaridorni aldagan 48 yashar mahalliy fuqaroni hibsga oldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining saytida maʼlum qilingan.

Tergovchilarning fikriga koʻra, ruxsatsiz qurilgan koʻp qavatli uydagi xonadonlarni  shartnoma boʻyicha sotgan. Ilgari sud bu binoni yiqish haqida qaror chiqargan. Gumon qilinuvchi shaxs tomonidan yetkazilgan zararning umumiy miqdori 110 million rubldan oshadi.

Jinoiy ish ishtirokchisi boʻlgan kishi dastlabki tergov organlaridan yashiringan, ammo Anapa shahriga kiraverishda yoʻl-patrul inspektorlari tomonidan qoʻlga olingan.

Hozirgi vaqtda sud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini koʻrdi. Tergov davom etmoqda.

Gumon qilinuvchi shaxs Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismida («uyushgan guruh tomonidan yoki juda koʻp miqdorda yoki fuqarolarning turar joy huquqidan mahrum etilishiga olib keladigan firibgarlik») nazarda tutilgan jinoyat uchun 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.

Noqonuniy qurilish — shaharning dam olish maskanida uchraydi. Koʻp hollarda noqonuniy ravishda qurilgan uy faqat loyihaning yakuniy bosqichida, barcha uylar allaqachon sotilgan vaqtda aniqlanadi. 2017 yilning bahorida Sochi shahrida xuddi shu kabi firibgarlik aniqlangan. Keyinchalik uchta quruvchining harakati natijasida 41 kishiga zarar yetkazildi. Jinoiy guruh tomonidan yetkazilgan zarar miqdori 319 million rubldan oshdi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.