18 +  RSS  E-mail
17:28, 28 09 2018

Koʻp tomonlama hujjatlar imzolandi


Foto: Prezident matbuot xizmati

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari muzokaralarni keng doirada davom ettirdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati

Unda turli sohalarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashildi.

Majlis yakunida MDHga aʼzo mamlakatlar davlat rahbarlarining 1948 yil 10 dekabrdagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan bayonoti, Kosmosni tadqiq etish va tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida MDH konventsiyasi, 1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash boʻyicha asosiy tadbirlar rejasi, 2019-2023 yillarga moʻljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikdagi saʼy-harakatlar davlatlararo dasturi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, 2021 yilni MDHda arxitektura va shaharsozlik yili deb eʼlon qilish haqidagi kelishuv va boshqa hujjatlar imzolandi.

2019 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga Turkmaniston raislik qiladigan boʻldi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.