18 +  RSS  E-mail
16:54, 26 09 2018

Boʻtaloqning puliga sotib olingan binolar


Hurmatli Prezidentimizning “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish  samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida ilgari xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlashda yondashuv va ish uslubining tubdan oʻzgartirilishi bir yarim mingdan ortiq faoliyat koʻrsatmayotgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash va oʻn ikki mingdan ortiq ish oʻrinlari yaratish imkonini berdi, deb koʻrsatilgan

Shu bilan birga, hududlarda hanuzgacha davlatga va davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalarga tegishli boʻlgan, shuningdek, ajratilgan yer uchastkalarida tadbirkorlik subʼektlari tomonidan qurilgan hamda sobiq jamoa va shirkat xoʻjaliklarini tugatish davrida sotib olingan katta miqdordagi faoliyat koʻrsatmayotgan va samarasiz foydalanilayotgan binolar va qurilishi tugallanmagan obʼektlar saqlanib qolmoqda.

Haqiqatan ham toʻgʻrida. Kimningdir uyining yonginasida, kimningdir qishlogʻi yoki mahallasida ana shunday binolar yoʻq deysizmi? Albatda bor. Buni sektor rahbarlari ham, shu mahallaning rahbarlari koʻrib bilib turibdi.

Masalan Qoʻshkoʻpir tumanidagi Gʻozovot qishlogʻi xududda joylashgan siz suratda koʻrayotgan bu binolar bir paytlari xalqqa astoydil xizmat kilganini 50-60 yoshiga kirgan odamlar juda yaxshi bilishadi. Ammo yaqin yigirma yil ichida tugʻilgan bolalardan soʻrasangiz, yelka qisib qoʻysa kerak. Mana bu bino sobiq “Gʻozovot” tuman isteʼmolchilari uyushmasi, yonidagisi umumiy ovqatlanish korxonasining binolari. Umumiy maydoni salkam 0,3 gektar maydonni egallagan binolar bugun hech kimga kerak boʻlmay haroba holda yotganini koʻrgan borki ichi achiydi. Bir paytlari xususiylashtirish bahonasida boʻtaloqning puliga sotib olib, tuyani puliga sotishni niyat qilganlarning ushbu binolardan na oʻzi va na boshqa birovlar foydalanishmoqda. 20 yillar hech kimga kerak boʻlmay nurab, zax bosib, choʻkib tomom boʻlgan binolar. Attang shuncha pul, shuncha mehnat peshona teri…

Xoʻsh, bu binolar ezulik va yaxshilik yoʻlida xalqqa xizmat qilganida bormi, biron-bir ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilib, 50 nafar odam ishli, shuncha oilaning qozoni qaynardi.

Qishloq hududida bunday binolar serob. Qishloq markazidagi bir paytlari kitob doʻkoni boʻlgan bino ham qarovsiz. Gʻozovot qishlogʻining “Elgaldi” mahallasi hududidagi pomidorni qayta ishlashga moʻjallangan zavod shular jumlasidandir.

Albatta, mutasaddi tashkilot rahbarlari bu binolarga kelib koʻrishib, tegishli xulosa chiqarishlariga umid bildirib qolamiz.

 Boltaboy MATQURBONOV.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.