18 +  RSS  E-mail
9:21, 25 09 2018

Isroil matbuoti: «Bizni dahshat kutmoqda”. Suriyaga S-300 raketa tizimi yetkazilishi


Isroil OAVlari Rossiya havo hujumiga qarshi S-300 raketa tizimini Suriyaga yetkazib berish haqidagi qarori Isroil havo kuchlari uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi, deb xavotir bildirmoqda.

Isroilning “9 kanali” S-300 ni Suriya qoʻshinlariga yetkazilishi oʻtkazish haqida chiqish qilib, “Ikki haftadan keyin Isroilni doʻzax kutmoqdami?», degan savolni oʻrtaga tashladi.

The Jerusalem Post  taʼkidlashicha, bunday tizim 300 km masofada samolyot va ballistik raketalarni kuzatishi mumkin, demak Suriyaga havo mudofaasini chuqur modernizatsiya qilish imkonini beradi. Bu esa  Isroil samolyotlariga tahdid tugʻdiradi.

Nashrning koʻrsatishicha, Suriya havo mudofaasi asosan eski sovet tizimidan iborat, biroq Rossiya «Pantsir S-1» qisqa masofali havo mudofaa tizimini Damashqqa yetkazib bergan, deb eslatadi maqola muallifi.

Haaretz ga koʻra, Suriya armiyasiga havo hujumiga qarshi ilgʻor raketa tizimini yetkazish Damashqni tashqaridan havo hujumlaridan mutlaq himoyasini kafolatlamaydi. qoʻymaydi rivojlangan. muallif ishora Biroq bunday chora-tadbirlar Isroil harbiy havo kuchlari faoliyatini xavf ostiga qoʻyadi, deb ishora qiladi muallif. Bundan keyin «Isroil navbatdagi hujum oldidan ikki marta oʻylab koʻrishi kerak boʻladi.

«Ediot Axronot» gazetasi esa Suriyaga S-300 raketa tizimini yetkazib berish Isroil uchun juda yomon yangilikdir, degan xulosaga keladi. Bu zamonaviy tizimni ishga tushirish Isroil havo kuchlarini Suriya va Livan osmonida kuch ishlatishda koʻproq harakat, yana rejalashtirish va koʻproq eʼtibor talab qiladi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning 24 sentyabrdagi bayonotiga koʻra, harbiy Il-20 qulashiga Isroil javobgar va uning ushbu harakatiga javoban Suriyada xavfsizlik choralari takomillashtiriladi. Moskva faqat Rossiya Qurolli kuchlarida mavjud boʻlgan avtomatlashgan boshqarish tizimi bilan Suriya havo mudofaasini boshqaruv punktlarini jihozlaydi.   Eng muhimi, Suriya hududidagi obʼektlarga hujum qilinganda sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasini, radioaloqa tizimi va harbiy aviatsiya aloqa tizimini radioelektron bostirilishi amalga oshiradi. Ikki hafta ichida S-300 raketa tizimi Suriyaga topshiriladi.

Mudofaa vaziri Rossiya 2013 yilda Isroil talabiga muvofiq S-300 tizimini Suriyaga yetkazib berishni toʻxtatganligini, biroq endi vaziyat oʻzgarganligini, bunda Rossiyaning aybi emasligini taʼkidladi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.