18 +  RSS  E-mail
9:17, 25 09 2018

Instagram asoschilari yaqin orada kompaniyani tark etishadi


Instagram ijtimoiy tarmogʻi asoschilari Kevin Sistrom va Mayk Kriger isteʼfo berishdi va kelgusi haftalarda kompaniyani tark etishmoqchi.

«Mayk va men Instagram da soʻnggi sakkiz yildan buyon va Facebook jamoasi bilan olti yil ishlaganimizdan minnatdormiz … Endi biz hayotimizning yangi davriga tayyormiz», dedi Sistrom Instagram veb-saytida bergan bayonotida.

Sistromning aytishicha, tarmoq yaratuvchilari «qiziqish va ijodni qayta kashf qilish uchun” dam olishni rejalashtirmoqda».

Oʻz navbatida New York Times gazetasi maʼlum qilishicha, xizmatning rahbari Sistrom va texnik direktor Kriger Instagram va Facebook guruhi rahbariyatiga oʻzlarini kompaniyadan ketishlarini aytishgan. Instagram xizmatiga ega boʻlgan Facebook vakillari bu qarorga hali izoh berishmagan. Gazetaning yozishicha, Sistrom va Krigerning kompaniyadan ketishi Instagram ning kelajagiga taʼsir qiladi.

Kevin Sistrom va Mayk Kriger tomonidan 2010 yilda AQShda ishlab chiqilgan Instagram dasturi suratlar va video yozuvlarni ijtimoiy tarmoqda bepul almashishga asoslangan. 2012 yilda Facebook bir milliard dollar evaziga ushbu xizmatni sotib olganini eʼlon qilgan.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.