18 +  RSS  E-mail
17:37, 23 09 2018

Yogurt sogʻlom ovqatlar roʻyxatidan oʻchirilishi kerak


Reklama tufayli yogurtlar biz uchun diyetik ovqatlanishda emas, balki sogʻlom turmush tarziga kiradi, degan tushuncha bor. Biz buni oʻzimiz va bolalarimiz uchun shubhasiz sotib olamiz.

Buyuk Britaniyadagi tadqiqotchilar yirik supermarketlarda mavjud boʻlgan qariyb 900 ta yogurt tarkibidagi shakar miqdorini baholadilar. Va ular juda koʻp shakar borligini aniqlashdi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, qandolat shirinliklari ichida yogurt tarkibida koʻplab shakar, yaʼni oʻrtacha 100 gr mahsulotga 16,4 gr yuorligi maʼlum boʻldi. Ikkinchi oʻrinda organik yogurtlarda 100 gr mahsulotda 13,1 gr shakar aniqlandi.

Bolalar yogurtlari tahlili esa umidsizlik hissini uygʻotmoqda. 100 gr  bolalar yogurtida taxminan 2 boʻlak toza qand mavjud. Bu yosh bolalar uchun ovqatlanish boʻyicha tavsiyalarga nisbatan ancha koʻp.

Olimlar yogurtlardan voz kechishga chaqirmaydilar, biroq ularga nisbatan munosabatlarni oʻzgartirishni maslahat beradilar. Agar burger, pitstsaa yoki muzqaymoq xarid qilsak, bular sogʻlom ovqatlanish deb tasavvur qilmaymiz.

Yogurt deyarli har kuni sotib olinadi, bu nordon sutli mahsulotlar sirasiga kiradi deb oʻylaymiz. Ammo yogurt nordon emas, balki shirin mahsulot. Unda uglevodlar anchagina.

Diyetologlar soʻziga qaraganda, agar siz foydali yogurt olishni istasangiz, unda achitqidan foydalanib, yangi mevalardan oʻzingiz tayyorlaganingiz maʼqul.

 


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.