18 +  RSS  E-mail
13:11, 22 09 2018

Har bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasiga aholi oʻzining muammolarini tezkor hal qilish uchun murojaat qilishmoqda. Muayyan savolga muvofiq ular oʻrganish va koʻrib chiqish uchun tegishli mutaxassislarga yuboriladi. Misol uchun, Xorazm viloyati boʻyicha joriy yil 8 sentyabrgacha 13400 ta murojaat qabul qilingan, shundan 8997 tasi hal etilgan, 5818 tasiga huquqiy maslahat va zarur axborot berilgan. 63 tasi inkor qilingan, 72 tasi koʻrilmagan va qonunga muvofiq rad etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasida fuqarolarni bevosita viloyat va Urganch shahri hokimliklari mutaxassislari, viloyat prokuraturasi, xotin-qizlar qoʻmitasi, adliya, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, sogʻliqni saqlash, mudofaa, taʼlim, moliya, mehnat boshqarmalari, vakillari qatnashadilar.

Navbatdagi qabul kunida Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov, idora, tashkilot va muassasalar xodimlari fuqarolarning murojaatlarini eshitdilar.

Baʼzi fuqarolar ichki yoʻllar qoniqarsiz ahvolda boʻlib, taʼmirlash kerakligini aytishsa, boshqalari kommunal xizmat sifati pastligi yoki bolalar maydonchasi qurish masalasini oʻrtaga tashlardilar.

— Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlardan mamnunmiz, — dedi Urganch shahrida yashovchi Rimma Mixaylina. — Xalq qabulxonalari bizning foydamizga faoliyat yurityapti. Bugun biz 28-sonli maktab binosida yashil maysazorni yaratish boʻyicha yordam soʻragan edik. U yerda qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Avvaliga, shu yilning iyulida, turmush oʻrtogʻim vafot etganidan soʻng, nafaqa soʻrab murojaat qildim. Bir hafta ichida mening muammom hal qilindi. Endi har oy pul mablagʻlari olyapman. Bugun bizni iliq kutib olishdi, eshitishdi va murojaatimizni koʻrib ni hal qilishni vaʼda qilishdi. Bizning murojaatlarimiz eʼtiborsiz qolmayotganligi uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildiraman.

Shuni taʼkidlash lozimki, baʼzi fuqarolar davlat organlari vakillari ularning muammolarini oʻrganmasdan turib, darhol va soʻzsiz hal qilishlarini talab etishadi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari xodimlarini koʻrgach, maʼlum ekspertlar, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot va boshqa sohalar yoki davlat organlari rahbarlari hal qilishi kerak boʻlgan masalalarni yechishda amaliy yordam soʻrashadi.  Baʼzilari oʻz huquqlarini tushunmasdan va dolzarb muammosini yechishda kimga murojaat qilishni bilmasdan qimmatli vaqtini yoʻqotadi.

— Men shu yilning sentyabr oyidan buyon ishsiz qoldim, deydi Urganch shahrida yashovchi G.Egamova. — Yaqinda turmush oʻtogʻimdan ayrildim, nogiron boʻlgan kichik bolam bor. Men kasb-hunar kollejini bitirganman. Vakant ish oʻrni boʻlgan bir necha tashkilotga murojaat qildim uchun tashkilotga murojaat qildim, ammo ish topishimga yordam berishmadim. Menga Hazorasp tumanida ish taklif qilishdi, lekin har kuni uzoq tumanga borish yoki u yerda kasal farzandim bilan yashash imkoniyatim yoʻq. Men bu yerga kelib, Markaziy bankning viloyat boshqarmasidan kelgan bir xodim bilan uchrashdim, lekin u meni ishga qabul qilishni rad qildi. Shuning uchun men siz — jurnalistlarga murojaat qilmoqdaman. Menga ish topishda yordam beringlar. Virtual qabulxonaga yozgan edim, javobini kutyapman.

Biz unga bu masala yuzasidan mahalla fuqarolar yigʻini yoki shahar xotin-qizlar qoʻmitasiga murojaat qilgan-qilmaganligini soʻradik. U yoʻq, deb javob berdi va Urganch shahar xotin-qizlar qoʻmitasi raisiga murojaat qilayotganlar safi tomoni shoshildi.

Bundan tashqari, uyidagi maishiy muammolar bilan tashrif buyurganlar ham bor. Ular duch kelgan muammo haqida tinglashlari va yordam berishlaridan umdvor.

Murojaat qiluvchilarning muammolari oʻrganish chogʻida muayyan sohalarda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. Uzoq vaqt davomida hal etilmagan muammolar joyida hal qilinishi odamlarda adolat gʻalaba qozonishiga va olib borilayotgan islohotlar samara berishiga ishonch tugʻdiradi.

— Bugun koʻplab tashkilotlar va muassasalar rahbarlari qabulda qatnashyapti, — deydi maktabgacha taʼlim viloyat boshqarmasi boshligʻi Iroda Yoqubov. — Biz hammamiz sohalardagi mavjud muammolarni yechishga yordam berish uchun kelganmiz. Yarim kun oʻtdi, ammo hech kim bizning soha boʻyicha murojaat qilmadi. Bu bizda hech qanday muammo yoʻqligini  bildirmaydi. Asosan bizga bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish, xususiy MTM ni tashkil qilish masalasi bilan murojaat qilishmoqda. Yaqinda 53 nafar tadbirkor xususiy maktabgacha taʼlim muassasalari qurishni boshlash niyatida. Qisqa vaqt ichida ular ishga tushirilsa, bolalarni qabul qilish muammosi yechiladi.

Kun davomida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasiga 47 nafar fuqaro murojaat qildi. Shundan 10 nafariga huquqiy yordam koʻrsatildi, boshqalarning muammolari oʻrganilmoqda va tez orada oʻz yechimini topadi.  .

Fuqarolar bilan muloqot qilish, hayotiy muammolarini oʻz vaqtida hal etish ularning huquq va manfaatlarini taʼminlashning samarali mexanizmi hisoblanadi.

Latofat SAILXANOVA.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.