18 +  RSS  E-mail
10:39, 21 09 2018

TOP-10 uzoq umr koʻradigan xalqlar. Qayerda boshqalardan koʻproq yashashadi?


10-oʻrin: Italiya — 81,86 yosh

Koʻpgina mutaxassislar uzoq umr va diyetalar orasidagi bogʻliqlikni koʻrsatadilar — bu nafaqat makaron, goʻsht va pishloq. Oʻrta yer dengizi ovqatlanish diyetasi har qanday kasallik uchun xavfni kamaytirishga qaratilgan. Zaytun moyi va qizil sharob mavjud antioksidantlar Italiya taomlari ikki asosiy xususiyatlaridir, chunki ular xolesterin darajasini yaxshilaydi, qon quyqalar va yurak xastaligini oldini olish mumkin. Ruslar koʻproq tuz isteʼmol qilgan paytda italiyaliklar ovqat taʼmini lazzat qiladigan faslagʻan, oregano, sarimsoq kabi ziravorlarni xush koʻradilar. Shunday qilib, italiyaliklar yuqori qon bosimi va insultga qarshi oʻzlarining imkoniyatlarini yaxshilashadi.

9-oʻrin: Avstraliya — 81,9 yil

Avstraliyaliklar uzoq umr koʻrishi chekish va semizlik darajasi nisbatan pastligi, shuningdek koʻp fuqarolar tomonidan faol hayot tarzi bilan bogʻliq. Ammo avstraliyalik koʻpgina shifokorlar aholi uzoq umr koʻrishiga Avstraliyaning optimal sogʻliqni saqlash tizimi bilan bogʻlashadi. Avstraliyaliklar qancha daromad topishidan qatʼi nazar, ular zarur tibbiy yordam olish imkoniyatiga ega. Biroq mamlakatda semirish darajasi oshayotganligi yaqin yillarda uzoq umr koʻrishlariga tahdid solishi mumkin.

8-oʻrin: Gonkong – 82,12 yil

Gonkong aholisi italiyaliklar kabi guruch, sabzavot, tofu koʻp isteʼmol qilishlari va faol hayot tarzi uchun uzoq umr koʻrishadi. Gonkongda semirib ketish, shuningdek diabet kasalliklari darajasi past.

7-oʻrin: Gernsi — 82,24 yil

Angliya kanalidagi bu kichik orol Britaniya toji qaram boʻlsada, na Buyuk Britaniya, na Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiradi. Gernsining mustaqilligi shundaki, u qoʻshnilarining iqtisodlaridan zarar koʻrmadi. Bu hayot davomiyligi bilan qanday bogʻliq? Nazariyalardan biri: Gernsi aholisi boy boʻlib,sogʻliqni saqlash oʻrtacha darajadan yuqori va ovqatlanish yaxshi boʻlganligi uchun uzoq umr koʻrishadi.

6-oʻrin: Andorra — 82,5 yil

Andorra aholisi boshqa mamlakatlar aholisiga qaraganda koʻproq yashaydilar. Buning bir necha omillari bor.

Birinchidan, Pireney togʻlarida Frantsiya va Ispaniyaning oʻrtasida qisilib qolgan bu kichkina mamlakatda faol ekologik hayot tarzini olib borishga imkon beradi. Aholining turistik yoʻnalishlar va togʻ kurortlariga borishi oson. Toza va yaxshi saqlangan istirohat bogʻlaridan koʻpincha futbol va regbi boʻyicha oʻrtoqlik oʻyinlari uchun foydalanishadi. Mutaxassislarning fikriga koʻra,fuqarolar koʻchada koʻp vaqt sayr qilishgani stress darajasi pasayishiga, bu esa oʻz navbatida yurak-qon tomir xastaligi kamayishiga olib keladi.

Ikkinchidan, Andorra aholisining deyarli 100 foizi yuqori savodli odamlardir. Taʼlim darajasi yuqori boʻlganligi sababli Andorrada ishsizlik darajasi juda past. Bu esa Andorra aholisining koʻpchiligi yuqori sifatli oziq-ovqat va sogʻliqni saqlash xizmatlariga boʻlgan oʻz talabini qondira oladi.

5-oʻrin: San-Marino — 83,07 yil

Yevropada Vatikan va Monakodan keyin eng kichik davlat va dunyodagi eng keksa respublikalardan biri. Gernsi va Andorra kabi bu yerda pul muhim rol oʻynaydi. San-Marino boyligi mahsulotining asosiy tarmoqlari bank va turizmdir. Bu yengil mehnat bilan bogʻliq oʻlim sonini sezilarli darajada qisqartiradi, ammo boshqa mamlakatga borishganda bu koʻpincha katta muammo keltirib chiqaradi.

4-oʻrin: Singapur — 83,75 yil

Malay yarim orolining janubiy chekkasida joylashgan, tez rivojlanayotgan mamlakat aholisining uzoq umr koʻrishiga diyetik oziq-ovqat va toza atrof-muhit oʻz hissasini qoʻshmoqda. Gonkong kabi Singapur oshxonasi guruch va ozuqalarga boy sabzavotlar aholini sogʻlom va faol boʻlishiga yordam beradi. Singapur hukumati ham qatʼiy tozalik kodini taqdim etadi: chekish joylarini keskin cheklaydi. Qiziq, hatto 1980 yilda hukumat mamlakat aholisi tez qariyotganini tan olgan, lekin hozir Singapurda aʼlo tibbiyot muassasalari va keksalar uchun dasturlar mavjud.

3-oʻrin: Yaponiya — 83,91 yil

Yaponiya dunyoda aholi semizligi oʻrtacha 22,9 foiz boʻlganda, yaponlarning faqat 3,1 foizi semizligidan faxrlanadi. Yaponlar ovqatlanishida yangi sabzavot, sholi va eng muhimi baliqdan koʻp foydalanishadi. Yangi baliq omega-3 yogʻ kislotalariga boy manbai boʻlib, qon bosimi darajasini meʼyorda ushlash insult va infarktlar xavfini kamaytirishga  yordam beradi. Bundan tashqari, omega-3 yogʻ kislotalari miyaning sogʻlom faoliyatini yuritishiga, Altsgeymer kasalligining oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek yaponiyaliklar sogʻlom turmush tarzi bilan shugʻullanishadi: ular koʻproq yurishadi va ortiqcha ovqat yeyishmaydi.

2-oʻrin: Xitoy Taypeyi (Makao) — 84,43 yil

Boshqa mamlakatlar kabi, Xitoy taypeyidagi yuqori va samarali iqtisodiyot aholining uzoq umr koʻrishga ijobiy taʼsir qiladi. Pullik oʻyinlar asosiy daromad manbai hisoblanadi va bu sohadan tushgan mablagʻning 70 foiz davlat xazinasiga, shu jumladan sogʻliqni saqlashga yoʻnaltiriladi.

1-oʻrin: Monako — 89,68 yil

Monakoda boylik koʻp va tibbiy yordam davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Monako aholisi Oʻrta yor dengizi diyetasiga oʻtgan, shuning uchun yurak qon-tomir kasalliklari va yuqori qon bosimi kabi xavflar kamaygan. Ammo koʻpchilikning taʼkidlashicha, uzoq umr koʻrishning sababi dam oladigan muhitga bogʻliq. Oʻrta yer dengizi sohilida joylashganligi va toza atrof-muhit aholining qattiq hayajon darajasini kamaytiradi. Bu esa yurak-qon tomir kasalligining oldini oladi.

Ehtimol, Ponce de Leon yoshartiradigan fontanni qidirib topishi uchun uyiga biroz yaqinroq boʻlishi kerak  edi…

Nargiza BOʻRONOVA tayyorladi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.