18 +  RSS  E-mail
10:27, 21 09 2018

Olimlar dori-darmonsiz qon bosimini kamaytirish mumkinligini aytishdi


16 haftalik hayot tarzi oʻzgarishi qon bosimini pasaytiradi va gipertenziyaga qarshi dorilarga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi, deb koʻrsatilgan Amerika yurak assotsiatsiyasi tadqiqotida. Uning matbuot relizi EurekAlert.portalida eʼlon qilindi.

Kardiologlar yuqori qon bosimi (sistolik 130-160 millimetr simob ustuni, diastolik — 80-90) boʻlgan bemorlarga diyeta va muntazam mashqlar qilishga alohida eʼtibor berishlari kerakligini tushuntirganlar. Tavsiyalar erkaklar va ayollar uchun qoʻllaniladi.

Olimlar 40 dan 80 yoshgacha ortiqcha vazn va qon bosimi boʻlgan 129 kishida tajriba oʻtkazishdi. Ular tasodifiy uch guruhga boʻlingan. Ularning har biri uchun tadqiqotchilar 16 haftalik maxsus dastur ishlab chiqdilar.

Birinchi toifadagi bemorlar yuqori sifatli meva, sabzavot va kam qizil goʻsht, tuz va shirinliklar bilan maxsus ratsionga oʻtishdi va haftada uch marta murabbiylar bilan sport bilan shugʻullanishdi. Ikkinchi guruh aʼzolari bir xil ovqatlangan edilar, ammo mashq qilishmasdi. Uchinchi guruhdagilarga esa maxsus ratsion va mashq yoʻq edi. Tajriba davomida hech kim dori qabul qilmadi.

Natijada, birinchi guruh ishtirokchilarining vazni oʻrtacha 8,6 kg gacha kamaydi, “yuqori” qon bosimi 16 punkt, “pastki”si esa 10 punktga pasaydi.

Shu bilan birga, birinchi dastur boʻyicha tajribadan oʻtkazilgan bemorlarning 15 foizigina dori-darmonlarga zarurat sezdi.

Latofat SAILXANOVA tayyorladi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.