18 +  RSS  E-mail
12:45, 21 09 2018

Namanganda yetishtirilgan dukkakli mahsulotlarga xitoyliklar qiziqishi


Viloyat hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Xenan provinsiyasidagi “Wanbang” kompaniyasi menejeri Chen Guanxun va kompaniya mutaxassisi Li Chao Jian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida savdo, investitsiya, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish, dastlab viloyatdagi dehqon va fermer xo‘jaliklari, aholi tomorqalarida yetishtirilgan dukkakli mahsulotlarni eksportga tayyorlash va chiqarish, keyinchalik esa Xitoy texnologiyasi asosida chorvachilik kompleksini tashkil etish, chorva uchun ozuqa bazasini yaratish, mosh, zira va boshqa eksportbop mahsulotlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.