18 +  RSS  E-mail
10:33, 21 09 2018

AQSh Rossiya bilan munosabatlar tufayli Xitoyga qarshi sanktsiyalar kiritdi


Vashington birinchi marta xorijliklarga nisbatan ikkinchi darajali sanktsiyalarni Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun kiritdi. Pekin Rossiya samolyotlari va S-400 rusumli raketalarni sotib olgani uchun “jazolandi”.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Xitoy Markaziy harbiy kengashining koʻshinlar tayyorgarligi va taʼminot departamentiga va uning rahbari Li Shangfuga qarshi sanktsiyalar joriy qildi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligining saytida 20 sentyabr kuni maʼlumot paydo boʻldi.

«Sanktsiyalar orqali Amerika dushmanlariga qarshi choralar» (CAATSA) qonuniga muvofiq tegishli shaxslar sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgan.

Hozir Xitoy mudofaa vazirligiga Amerikada ishlab chiqarilgan mahsulotlar va texnologiyalar yetkazish man etilgan, u Amerika yurisdiktsiyasidagi valyuta operatsiyalaridan foydalana olmaydi.

AQSh Davlat departamenti sanktsiyalar Xitoy Rossiyadan S-400 raketa tizimlari va Su-35 samolyotlari xarid qilgani uchun kiritildi, deb keyinroq aniqlik kiritdi.

Avvalroq, 20 sentyabr kuni AQSh Prezidenti Donalьd Tramp Ukrainadagi vaziyat munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanktsiyalar rejimini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida farmonni imzoladi, deb xabar qilingan edi.

Jumladan, ushbu hujjatda mol-mulk va aktivlarni bloklash va CAATSA nizomiga muvofiq, Rossiya hukumati bilan bogʻliq shaxslar bilan har qanday moliyaviy operatsiyalarni taqiqlash koʻzda tutilgan.

Akmal JUMAMURODOV tayyorladi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.