18 +  RSS  E-mail
16:26, 20 09 2018

Yurtboshimiz qarorlari asosida tadbirkorlarimizga keng imkoniyatlar


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3939-sonli qarori ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha Guliston shahrida joylashgan Musiqali drama teatr hududida koʻrgazmali tadbir oʻtkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tadbirda viloyatning 4 ta sektor rahbarlari, tuman va shahar hokim oʻrinbosarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad – Yurtboshimizning mazkur qarorlari asosida yoshlarimizni va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan fuqarolarimizni tadbirkorlikka jalb etish, viloyatimizdagi mavjud imkoniyatlar, moddiy va moliyaviy resurslar hamda berilgan imtiyozlar toʻgʻrisida keng tushunchaga ega boʻlishlari, shuningdek viloyatimizdagi salohiyatli korxonalar faoliyati hamda yangi ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishtirishdir.

Bugungi kunda Yurtboshimiz boshchiligida tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha katta islohotlar olib borilmoqda. Xususan, Prezidentimizning “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi, “2018-2019 yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilinib, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvtlash va keng sharoitlar yaratib berish boʻyicha huquqiy erkinliklar berilmoqda.

Viloyatda jami 1376 ta boʻsh turgan binolar, ularda 4298 m2 bino va yer maydonlari mavjud. Bugungi kunda 399 ta boʻsh turgan binolar negizida 622,4 mlrd. soʻmlik investitsion loyihalar shakllantirildi. Mazkur tadbirda jami 198 ta boʻsh bino va inshootlar negizida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 424,4 mlrd. soʻmlik loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Bulardan tashqari, hududlarda jami 857 gektar 553 ta boʻsh turgan yer maydonlarini tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan tashabbuskorlarga belgilangan tartibda ajratib berilishi rejalashtirildi. Shuningdek tadbirda, viloyatimizda samarali faoliyat yuritayotgan 40 taga yaqin sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalari, jumladan, “Peng Sheng” qoʻshma korxonasi, “Best Fashion” xorijiy korxonasi, “Baxromjon Nur savdo” korxonasi, “Vangda Metal” qoʻshma korxonasi va boshqa korxonalar oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.