18 +  RSS  E-mail
10:23, 20 09 2018

Putinning yangi qurollar haqidagi bayonotidan keyin AQSh tekshirishni boshladi


Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning qurolsozlik sohasidagi soʻnggi ishlanmalar haqidagi soʻzlari haqiqiyligini AQSh aniqlamoqchi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi oʻrinbosari Andrea Tompson maʼlum qildi. Tompson Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatining Tashqi ishlar qoʻmitasi oldida chiqish qilarkan, Rossiya rahbarining qurolsozlik sohasidagi oʻzgarishlar haqidagi soʻzlari ishonchligini aniqlash maqsadida  idoralar, hamkorlar va ittifoqchilar olib borayotgan ishlar toʻgʻrisida bayonot berdi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya rahbari Federal yigʻilishga qilgan murojaatida hech qanday oʻxshash turi boʻlmagan eng soʻnggi rusumdagi Rossiya qurollarini taqdim etdi. Avvalo “Sarmat” raketa kompleksi, haydovchisiz suv osti qurilmasi, yaderli energiya qurilmali qanotli raketa, “Kinjal” aviatsiya raketa kompleksi haqida soʻz boradi. Putinning soʻzlaridan “qoʻrqqan” AQSh harakatga keldi, chunki ular giper tovushli qurol-yarogʻ sohasida Rossiyadan jiddiy orqada qolgan.

Sentyabr oyining boshida The National Interest  nashri Moskva boshqa qitʼalarga qarshi hujum qilish qobiliyatini sezilarli darajada kengaytirganini eʼtirof etgan maqolani chop etdi. Ommaviy axborot vositasi taʼkidlaganidek, yuqori tezlik bilan harakatlanadigan giper tovushli raketani amalda urib tushirib boʻlmaydi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.