18 +  RSS  E-mail
16:30, 20 09 2018

Notarius yarim soatda koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlaydi


Hukumat qarori bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab:

Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda bino va inshootlar haqidagi maʼlumotlarni olish notarius tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Mazkur jarayon quyidagi boschiqlarda amalga oshiriladi:

Dastlab jismoniy yoki yuridik shaxs koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlash haqida davlat notarial idoralariga murojaat qiladi.

Bunda koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda kadastr yigʻmajildi, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etiladi.

Keyingi bosqichda notarius bino va inshoot joylashgan hududdagi yer tuzish va kadastr organiga kurьerlik xizmati yoki idoralararo elektron tizim orqali bino va inshootlar haqidagi maʼlumotlarni soʻrab soʻrovnoma yuboradi.

Soʻngra ushbu soʻrovnomaga asosan yer tuzish va kadastr organi bino va inshootlarning tegishliligi va tarkibi, kadastr raqami va umumiy (yashash) maydoni hajmi, koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq va xatlov mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi maʼlumotni taqdim etadi.

Hujjatlar toʻliq taqdim etilgach, 30 daqiqa ichida koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasi notarial tasdiqlanadi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.