18 +  RSS  E-mail
10:16, 20 09 2018

Nima uchun sochlar oqaradi va erta oqarish bilan qanday kurashish mumkin?


Ayollar va koʻplab erkaklar qiyofasining juda muhim qismi sochidir. Chiroyli va sogʻlom sochlar ajoyib koʻrinishning kafolati. Soch rangi ham muhim rol oʻynaydi. Har bir noyob va lazzat beruvchi rang turlari koʻp.

Soch oqarishi boshlanishining asosiy sababi melanin yetishmasligidir. Tabiiyki, bu qarish jarayonida boʻladi. Birinchi belgilar erkaklarda 35-40 yoshda, ayollarda 40-45 yoshda namoyon boʻladi. Tanadagi melanin miqdori sochlarning rangiga taʼsir qiladi. Ushbu modda qanchalik koʻp boʻlsa, sochlar shuncha qorayadi. Shubhasiz, sariq sochlilar qora sochlilarga qaraganda kamroq melaninga ega.

Vitaminlarning yetishmasligi barcha tana tizimlari uchun zararli. Koʻpincha bu tashqi koʻrinish, tirnoqlar va sochlarda namoyon boʻladi. Sochlarning erta shakllanishi va sochlarning tuzilishi buzilgan boʻlsa, unda A, B, S vitaminlari, shuningdek, temir va kal’tsiyning yetishmasligi sabab boʻlishi mumkin. Ularning zaxiralari ichkari va tashqaridan toʻldirilishi kerak.

Yod tananing metabolik jarayonlarida faol ishtirok etadi. Bu asosan qalqonsimon bezga bogʻliq. Tananing bu aʼzosi yaxshi faoliyat koʻrsatsa, metabolik jarayonlar sekinlashadi, bu esa sochning koʻrinishi va holatiga taʼsir qiladi.

Zararli mahsulotlar, tamaki va spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilish organizmdagi ozuqaviy moddalarni yoʻqotishda kuchli omildir. Foydali mahsulotlar, oʻsimliklar, meva va sabzavotlar, shuningdek oqsilning yetishmasligi zararli taʼsirga ega va har qanday, hatto kuchli organizmning erta qarishini keltirib chiqarmoqda. Natijada, sochlar erta siyraklashadi.

Soch oqarishining oldini olish juda oson. Barcha zarur elementlarni toʻgʻri darajada saqlab turish muhimdir. Buning uchun tez-tez tsitrus mevalar, dengiz mahsulotlari va baliqlari, yashil oʻsimliklar, oʻsimlik va hayvon oqsillari, yuqori temir moddasi boʻlgan ovqatlar tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, xalq usullaridan ham foydalanishingiz mumkin. Misol uchun, sochlarni yuvishda yongʻoq qobigʻi, qichitqi oʻt va boshqa dukkaklari oʻsimliklar barglari qaynatilgan suv bilan yuvish foydalidir. Koʻpincha xalq tabobati tabiiydir. Ushbu usullarning samaradorligi aniq boʻlmasa ham, ular hech qanday zarar etkazmaydi. Masalan yashil loviyani tez-tez isteʼmol qilish soch oqarishi bilan kurashishda qoʻl keladi. Bundan tashqari, unda boshqa aʼzolarga foyda keltiradigan koʻplab oqsillar va tolalar mavjud. Fasollarda kobalt mavjud boʻlib, u sochni qoraytirishga yordam beradi.

Xalq usullardan biri — banan, avokado, yongʻoq, echki suti, qovoq urugʻi, olma, jigar va petrushkaga asoslangan diyetadir. Sochlar qorayishi uchun tabiiy mahsulotlardan foydalaniladi. Eng samarali boʻyoqlar basma va xina hisoblanadi. Agar qaynoq suvda erigan qahvani xinaga qoʻshsangiz, sochni mustahkamlashi va jilo berishi mumkin. Xinaga romashka qatnatmasi aralashtirish mumkin. Buning natijada soch salgina ochiq tusga kiradi. Achchiq choy ham sochlarni boʻyaydi, lekin yorqin rang chiqmaydi. Qizigʻi shundaki, yejevik qatnamasi sochlarga antiqa rang beradi, yaʼni soch qizgʻish jigarrang tus oladi.  Agar yongʻoq poʻstlogʻi spirtda damlama qilib, soch yuvilsa, kashtan rangga kiradi. Bundan tashqari, har xil boʻyoqli damlamalar sochlarga yaltiroqlik va mayinlik baxsh etadi.

Tayyorladi: Nargiza BOʻRONOVA.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.