18 +  RSS  E-mail
10:21, 20 09 2018

Machu-Pikchu — inklarning qadimiy shahri


Machu-Pikchu Peru hududida joylashgan. 2007 yilda u «Yangi dunyo moʻjizasi» nomiga loyiq topildi. Machu-Pikchu koʻp yillardan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi va 1532 yilda uning barcha aholisi sirli ravishda yoʻqoldi.

Dunyoning eng qiziqarli shaharlari va mamlakatlarini hisobga olsak, Machu-Pikchu kabi buyuk sirni taʼkidlash lozim.

Eng qiziqarlisi, Machu-Pikchuning bir necha nomlari bor, deb hisoblanadi:. “inklarning yoʻqolgan shahri”, “bulutlar orasidagi shahar”, yoki “vayron shahar”.

Qadimgi inklar tark etgan sirli shahar Machu-Pikchu haqidagi eng qiziqarli maʼlumotni keltiramiz.

Minoralar va uning atrofidagi binolardan iborat noyob majmua ham mavjud. Ushbu muqaddas majmua dushman qabilalarining hujumiga qarshi himoya qilish uchun va muqaddas joy sifatida foydalanilgan, deb hisoblashadi. Asosiy ink maʼbudi Machu-Pikchu shahrining gʻarbda qurilgan. Inshoot yaqinida terrasa va “Intiuatana” yoki “quyosh bogʻlangan joy”ga eltuvchi bir zinapoya bor.

Diniy marosimda qatnashadigan ruhoniylar Machu-Pikchu aholisi orasida katta obroʻga ega edilar. Bundan tashqari, “Intiuatana”dan osmon jismlari harakatini kuzatish uchun observatoriya sifatida foydalanish mumkin.

Inklar yuqori malakali quruvchilar edi. Koʻpgina hollarda toshlar turli burchaklarda bir-biriga qoʻshilib qurilgan.

Qizigʻi shundaki, bloklar orasidagi masofa juda zich boʻlib, hatto ustara tigʻi ham sigʻmasdi. Besh asrdan koʻproq vaqt oʻtsa ham devorlar hali ham yaxshi holatda.

Machu-Pikchu kashf etilgandan soʻng, minglab ekspeditsiyalar tashkil etilib, inklar oltinini topishga urindilar. Ispaniyaliklarni kshchrgan inklar ularni xudolar, deb oʻylashdi. Shu sababli ularga juda koʻp boyliklarini sovgʻa qilishdi.

Lekin ispanlar ularga yovvoyilar deb munosabatda boʻldilar, inklarning ushbu harakatini qadrlamadilar va ularni shafqatsizlarcha yoʻq qilishdi.

Machu-Pikchuning soʻnggi imperatorini oʻldirgandan soʻng konkistadorlar oltinning bir qismini nomaʼlum joyga yashirishga qaror qilishdi, ikkinchisini esa oʻz vatanlariga olib ketishdi.

Bugungi XXI asrda ham baʼzi odamlar qadimiy inklarning sirli oltinini topishga harakat qilishmoqda. 1930-yillarda Germaniya fashistlari tomonidan oltin yombilari topilgani haqida mish-mishlar mavjud.

Baʼzilar uzoq vaqtdan buyon oltinlar Vatikanga tegishli ekanini taʼkidlashadi.

Qanday boʻlmasin, hech kim bu xazinani topa olmadi. Xazinani qachondir haqiqatda topishlari mumkin, chunki Machu-Pikchu oxirigacha toʻliq oʻrganilmagan.

Tayyorladi: Akmal JUMAMURODOV.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.