18 +  RSS  E-mail
16:18, 20 09 2018

Jizzax viloyatiga Frantsiya davlatidan yirik kompaniya vakili keldi


Jizzax viloyat hokimligiga Frantsiya davlatining “Air Liquide  Engineering and Construction” kompaniyasining Moskvadagi ofis direktori Bruno Vays tashrif buyurdi, deb xabar beradi viloyat hokimligi axborot xizmati.

Mehmonni  viloyat hokimligida viloyat hokimining Investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari U.Egamov, viloyat Investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻi B.Akramov hamda viloyat Investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmasi Sanoatni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirilishi monitoringi boʻlimi boshligʻi Sh.Kamalovlar kutib olishdi.

Uchrashuvda dastlab, viloyat hokimining Investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari U.Egamov soʻzga chiqdi va viloyat Investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmasining tegishli hodimi tomonidan viloyatining Investitsion salohiyati haqida  prezentatsiya  namoyish etildi.

Soʻngra,  “Air Liquide Engineering and Construcnion” kompaniyasining Moskvadagi ofis direktori Bruno Vays soʻzga chiqib, Jizzaxga tashrifi katta taasurot qoldirganini va Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya boʻyicha yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida alohida taʼkidlab oʻzi tomonidan tayyorlangan  prezentatsiya namoyish etdi.

“Air Liquide Engineering and Construction” kompaniyasi gaz texnologiyasi va gazni sanoat korxonalari va sogʻlomlashtirish, aholi yehtiyojlari un yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Viloyatga tashrifdan maqsad “Jizzax” EIZ faoliyati bilan tanishish hamda viloyatga gaz yehtiyojlari yoʻlida katta tashkil qilinayotgan sanoat korxonalariga gaz yetkazishni tashkil qilishdan iboratdir.

Viloyat hokimligida tashkil etilgan uchrashuvdan keyin mehmonni “Jizzax” EIZ  faoliyati bilan tanishtirish maqsadida EIZ hududidagi xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan mega loyihalardan biri “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” korxonasini loyihasi bilan tanishtirildi.

Shuningdek, Xitoy Xalq  Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, oyna ishlab chiqaruvchi “Ming Yuan-Silu Industry” korxonasi hamda maishiy texnika ishlab chiqaruvchi “Roison Home-White Goods” korxonasiga xam borildi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.