18 +  RSS  E-mail
7:31, 19 09 2018

Audi oʻzining birinchi ommaviy elektromobili taqdimotini oʻtkazdi


Audi kompaniyasi toʻliq elektrlashgan e-tron krossoverini taqdim etdi.

Mercedes-Benz dan keyin Audi kompaniyasi toʻliq elektrlashgan modelini namoyish etdi. 55 quattro  rusumli e-tron premьerasi AQShning Kaliforniya shtati San-Frantsisko shahrida oʻtkazildi.

E-tron krossoveri ikkita asinxron elektr motor bilan jihozlangan boʻlib, bittadan orqa va oldingi oʻqlarida joylashgan. Dvigatellar jami 360 ot kuchiga ega “overboost” tizimida sakkiz soniyada motorlar quvvati 408 ot kuchigacha yetadi.

Taʼkidlashlaricha, energiyani iqtisod qilish uchun oʻrtacha tezlikda faqat orqadagi motor ishlaydi. 5,5 soniyada tezlik soatiga 60 mil (96,5 kilometr)gacha koʻtariladi, eng yuqori tezligi — 200 km/soat.

E-tron batareyasi saqlash hajmi 95 kilovatt/soat, mashina zahirasi 400 km. Audi xodimlarining soʻziga qaraganda, 150-kilovattli zaryad moslamasi bilan 30 daqiqada 80 foiz quvvat oladi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.