18 +  RSS  E-mail
8:57, 18 09 2018

Tog’aning ishi “besh” bo’lmadi, xodim xizmat burchiga sodiq qoldi


Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 2018 yil 16 sentyabr kuni Chiroqchi tumani IIB xodimi o’z rahbariga axborot berib, unda shu yil 15 sentyabr kuni o’zining ish yurituvida bo’lgan, Jizzax viloyati Zarbdor tumanida yashovchi N.T. va Jizzax shahrida yashovchi Yu.K.larga nisbatan qo’zg’atilgan jinoyat ishi bo’yicha o’zini N.T.ning tog’asi deb tanishtirgan fuqaro K.B. uning oldiga kelib, N.T. va Yu.K.larga nisbatan qo’llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini boshqa ehtiyot chorasiga o’zgartirish hamda jinoyat ishini ularning foydasiga ijobiy hal qilib berishni so’raganini evaziga pora taklif qilayotganligini ma’lum qilgan.

Ushbu bildirgi yuzasidan shu kuni viloyat IIB va prokuratura xodimlari hamkorligida o’tkazilgan tezkor tadbir davomida K.B. xodimga xizmat xonasida 2 mln. so’m pulni pora sifatida berayotganida ashyoviy dalillar bilan qo’lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan. Tergov harakatlari  olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.