18 +  RSS  E-mail
7:30, 17 09 2018

“Toshshahartransxizmat” «Korea Smart-cart» Co.ltd bilan hamkorlik qiladi


“Toshshahartransxizmat” aktsiyadorlik jamiyati Janubiy Koreyaning «Korea Smart-cart» Co.ltd kompaniyasi bilan hamkorlik qilish maqsadida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Mazkur hamkorlik natijasida poytaxt transport tizimini tubdan takomillashtirish, ayniqsa, elektron to’lov tizimini yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.

Xususan, muntazam foydalanish mumkin bo’lgan yagona to’lov kartalarini joriy etish, jamoat transportlarida zamonaviy va yangi xizmat turlarini yo’lga qo’yish, bunda xorijlik hamkorlar bilan o’zaro tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish belgilangan.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.