18 +  RSS  E-mail
7:20, 17 09 2018

Sodir etgan huquqbuzarligini pora evaziga yopmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi


Buxoro viloyatining Kogon shahrida shu yil 14 sentyabr kuni shahar IIB xodimi o’z rahbariga axborot berib, unda joriy yilning 9 sentyabr kuni muqaddam sudlangan fuqaro U.S. shahar hududida joylashgan oshxona oldida fuqarolar bilan janjallashganligi holati yuzasidan tushuntirish xati yozib berishini so’raginda U.S. ishni qonuniy chora ko’rmasdan yopishni so’rab, evaziga 500 000 so’m pul pora sifatida taklif qilayotganligini ma’lum qilgan.

O’zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko’ra, mazkur axborot yuzasidan viloyat IIB va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbir natijasida U.S. xodimga xizmat xonasida 500 000 so’m pulni pora sifatida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari  olib borilmoqda.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.