18 +  RSS  E-mail
10:51, 16 09 2018

Adliya vazirligi faoliyati ochiqligi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi


Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining “Ochiqlik indeksi” boʻyicha navbatdagi reytingi eʼlon qilindi. Unga 59 ta davlat hokimiyati va boshqaruvi organi kiritilgan.

2018 yil 1 iyul holatiga koʻra, Adliya vazirligi 88,12 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi.

2-oʻrinni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (75,85 ball), 3-oʻrinni Markaziy bank (66,75 ball), toʻrtinchi oʻrinni Sogʻliqni saqlash vazirligi (64,30 ball ), 5-oʻrinni Davlat soliq qoʻmitasi (63,56 ball ) qoʻlga kiritdi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.