18 +  RSS  E-mail
13:43, 14 09 2018

Buxoro viloyatida Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar


Uy-joy kommunal xizmat kursatish vaziri Muzaffar Saliyev rahbarligida vazirlik mutaxassilaridan tashkil topgan ishchi guruh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2013 yil 15 iyuldagi PQ-2001-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Buxoro viloyati Olot va Qoraqoʻl tumanlari ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash” – loyihasi doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan tanishish maqsadida 2018 yilning 9-10 sentyabr kunlari loyiha hududlarida boʻldi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 139 mln. dollar boʻlib, shundan 82 mln. dollari Jahon bankining imtiyozli kreditlari hisobidan, 57 mln. dollar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan moliyalashtirilmoqda. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ishlar 2013 yilda boshlangan boʻlib, loyihani yakunlanishi 2019 yilga belgilangan.

Loyiha doirasida uzunligi 2343 km ichimlik suv quvurlari, quvvati sutkasiga 50,0 ming.m3/sutka boʻlgan suv inshootini va boshqa suv taʼminoti obʼektlarini qurilishi koʻzda tutilgan. Xususan :

“Dvoynik” suv olish va tozalash inshootini rekononstruktsiya qilish va yangi inshootlar qurish hisobiga quvvatini 50,0 ming m3/sutkaga yetkazish;

4 ta yangi mintakaviy suv tarqatish va 37 ta suv minorasi oʻrnatilgan qishlok suv taqsimlash inshootlarini qurish;

216 km magistral suv quvurlari, 172,0 km shahar suv tarqatish tarmoqlari, 1570,0 km qishlok suv tarqatish tarmoqlarini va 385,0 km bevosita abonentlarga suv yetkazib beruvchi tarmoqlar qurilishi koʻzda tutilgan.

Loyiha doirasida energiya hamda suvni tejaydigan texnologiyalar va uskunalarni tadbiq etish natijasida elektr energiya xarajatlarini 25-30%gacha kamaytirishga erishiladi.

Loyihni amalga oshirish natijasida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi Olot tumanida 41% dan 96 % gacha va Qorakoʻl tumanida 20% dan 78% gacha oshadi. Loyiha hududida istiqomat qiluvchi 230,0 ming dan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Ishchi guruh tomonidan loyiha doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda qoloqlikka yoʻl qoʻyilgan obʼektlarni oʻrganishga alohida eʼtibor qaratildi, yuzaga kelgan muamollarlar yechimi boʻyicha qatʼiy choralar koʻrildi.

Jumladan, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish natijasida “China Petrolium Pipeline Bureau” (Xitoy) kompaniyasi-pudrat tashkiloti tomonidan hamda “Sunir & Shafab Co” (Eron) kompaniyasi-pudrat tashkiloti tomonidan olib borilayotgan qurilish–montaj ishlarida jiddiy qoloqlikga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi. Bu esa oʻz navbatida butun loyihani belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilmaslik xavfini tugʻdirmoqda.

Oʻrganish natijalari asosida, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, loyihalar doirasidagi qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish boʻyicha Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M. Saliyev mutasaddi xodimlarga, pudratchi kompaniyalarga, buyurtmachi va texnik nazoratchilarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berdi.

Belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosi hamda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati joriy yilning 12 oktyabrgacha qayta oʻrganib chiqiladi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.