18 +  RSS  E-mail
13:14, 14 09 2018

“Amkodor-Agrotexmash” qoʻshma korxonasi rasman ochildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Aleksandr Lukashenko Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi hududida tashkil etilgan “Amkodor-Agrotexmash” qoʻshma korxonasini ochdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Umumiy qiymati 33 million dollar boʻlgan mazkur loyiha 2018-2021 yillarga moʻljallangan. Bugun rasman ishga tushgan birinchi bosqichda qurilish va qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan 12 turdagi ekskavatorlar ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi 2019 yilda 22 foizga, 2021 yilda kamida 50 foizga yetkaziladi.

Davlatimiz rahbari mahsulot turlarini koʻpaytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish zarurligini taʼkidladi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikalarini mintaqamizdagi mamlakatlarga yetkazib berish uchun qulayligini qayd etdi.

Shu yerda qoʻshma korxonada ishlab chiqarilgan dastlabki ekskavatorlar namoyish etildi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.