18 +  RSS  E-mail
11:52, 12 09 2018

“Nokia Networks” rahbariyati bilan uchrashuv


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov Nokia Networks kompaniyasining vitse-prezidenti, Markaziy va Sharqiy Yevropa, hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha rahbari Mikko Lavanti bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog’ida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, Nokia Networks kompaniyasining ishtirokida zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini joriy qilish uchun infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Bugungi kunda Nokia Networks kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlari uchun to’liq yechimlar ishlab chiqarish bo’yicha dunyodagi yetakchilardan hisoblanadi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.