18 +  RSS  E-mail
11:46, 12 09 2018

Hokim katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olindi


Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov oʻz xizmat xonasida pora olish vaqtida qoʻlga olindi.

Xabarlarda taʼkidlanishicha, B.Abdusamatov yer uchastkalarini ajratish boʻyicha pora olayotgan boʻlgan. Tuman rahbari 7 sentyabr, juma kuni oʻz xizmat xonasida ushlangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar beradi.

Baxtiyor Abdusamatov (1976 yilda tugʻilgan, 1996 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan) Yunusobod tumaniga 2017 yil aprelida hokim etib tayinlangan edi. Ungacha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi boʻlib ishlab kelgan.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.