18 +  RSS  E-mail
11:54, 12 09 2018

“ANOR-2018”: kuchlilar saralandi


Andijonda “Anor-2018” milliy tanlovi viloyat bosqichi gʻoliblari taqdirlandilar.

Viloyat hokimligi, xotin-qizlar qoʻmitasi, “Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar, Banklar assotsiatsiyalari, Markaziy bank viloyat boshqaruvi hamkorligida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yuksaltirish, tashabbus va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, bitiruvchi qizlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida oʻtkazilgan tanlovning viloyat bosqichida 21 nafar xotin-qiz ishtirok etdi, deb xabar qiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

— Markazimiz 2015 yilda tashkil etilgan. Oʻshanda ikki nafar oʻqituvchi va 40 nafar oʻquvchi bilan ish boshlaganmiz, — deydi Andijon shahridagi nodavlat “Billi” bolalar markazi ijrochi direktori Xurshida Kamoliddinova. — Hozirga kelib markazda 30 nafardan ortiq pedagoglar oʻquvchilarga mental arifmetika, ingliz va rus tillari boʻyicha taʼlim berib kelmoqda. Shuningdek, sportning karate, taekvondo, badiiy gimnastika yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklarimiz ham faoliyat koʻrsatadi. Kelgusida xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi, umumtaʼlim maktabi, “Ona va bola», “Mutaxassislar tayyorlash» markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagidaman.

Tadbir doirasida eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan, puxta asoslangan innovatsion loyihalarni taqdim etgan xotin-qizlarga kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.