18 +  RSS  E-mail
12:02, 11 09 2018

Yosh raqqoslarimiz xalqaro turnirda gʻalaba qozonishdi


Joriy yilning 1-2-sentyabridan Tailand poytaxti Bangkok shahrida sport bal-raqslari boʻyicha “Kingʻs Cup” Thailand Open 2018” 9-xalqaro turnir boʻlib oʻtdi. Mazkur turnirda Toshkent shahrining “DIAMOND” raqs klubi Izzat Rajabov murabbiyligida 8 kishidan iborat tarkib bilan ishtirok etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Poytaxtning 60- va 71-maktab oʻquvchilari David Aylarov va Aleksandra Afanasyeva raqs juftligi 1-yosh kategoriyasi boʻyicha birinchi oʻringa sazovor boʻlishdi.

Shuningdek, 94-maktab oʻquvchisi Andrey Kan va “Vunderkind” xususiy maktabi oʻquvchisi Kamila Mirzagaliyeva raqs juftligi esa 2-yosh toifasi boʻyicha birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Xalqaro turnir gʻoliblari diplom, kubok va medallar bilan taqdirlandilar.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.