18 +  RSS  E-mail
12:23, 11 09 2018

Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmogʻi 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtmoqda


2018 yil 10 sentabrdan boshlab yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻi 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtadi.

2018 yilning 10 sentabridan 30 sentabriga qadar 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida amalga oshiriladi.

Muhim: 2018 yilning 1 oktabridan boshlab, Toshkent shahri va Toshkent viloyati abonentlari uchun faqatgina 9 xonali telefon raqamlari amal qiladi.

Oʻzbekistonning boshqa viloyatlarida 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish alohida jadval boʻyicha amalga oshiriladi va bu haqda qoʻshimcha tarzda maʼlum qilinadi!!!

DIQQAT!

Tezkor chaqiruv xizmatlari va qisqa 4 xonali raqamlarga qoʻngʻiroq qilish tartibi oʻzgarmaydi!!!

Xalqaro formatda qoʻngʻiroq qilish tartibi oʻzgarmaydi (+998-xxxxxxxxx).

Abonentlarga qulaylik yaratish uchun!

Raqamlar notoʻgʻri terilganda, bu haqda ogohlantiruvchi ovozli xabar tizimi yoʻlga qoʻyiladi (Hurmatli abonent, 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish munosabati bilan, abonent raqamini operator kodi bilan turishingizni soʻraymiz). Bundan tashqari qisqa 1192 raqami orqali tunu-kun abonentlarni texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati faoliyat koʻrsatadi.

Qanday qilib 9 xonali telefon raqami orqali mobil aloqa operatorini aniqlash mumkin?

Telefon raqami qaysi operatorga yoki viloyatga tegishli ekanligini www.rtmc.uz saytiga kirib, “Interaktiv xizmatlar” boʻlimidan, shuningdek, @uztbmbot telegramm-boti yordamida aniqlashingiz mumkin.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.