18 +  RSS  E-mail
13:46, 10 09 2018

Quyosh batareyalari o‘rnatiladi


Mamlakatimizda muqobil energiya manbalari, eng avvalo quyosh energiyasidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Headwall Power LLC” kompaniyasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda ham viloyatning muqobil energiya manbalari sohasidagi salohiyati, quyosh energetikasini rivojlantirish, shu jumladan quyosh elektrstansiyalarini bunyod etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi, deya xabar beradi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Muloqot chog‘ida “Headwall Power LLC” kompaniyasining qayta tiklanadigan energetika sohasidagi muvaffaqiyatli loyihalari haqida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu kompaniya tomonidan Qiziriq tumanida quvvati 300 megavattdan 1 gigavattgacha bo‘lgan, umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollarlik loyihalarni amalga oshirish, bunda birinchi bosqichda Bandixon massivida 490 ta xonadonga tajriba tariqasida quyosh panellarini o‘rnatishga kelishib olindi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.