18 +  RSS  E-mail
7:59, 10 09 2018

Buxoro davlat universitetida “O‘zbekiston-Rossiya xirurglar forumi” bo‘lib o‘tdi


Tadbirda viloyat hokimi O‘.Barnoev, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov, Rossiya Federatsiyasi A.V.Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot xirurgiya instituti direktori, professor, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi Revishvili Amiran Shotaevich va bir qator soha xodimlari hamda Buxoro tibbiyot institutining talabalari ishtirok etishdi.

Anjuman davomida A.V.Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot xirurgiya instituti akademik va professor-o‘qituvchilarining “Jarrohlikda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar A.V.Vishnevskiy nomidagi Jarrohlik Markazi tajribalari”, “Jigar rezeksiyasida transplantatsion texnologiyalar”, “O‘t yo‘llarining shikastlanishida xirurgik taktika va ularning asoratlari”, “Yaralarni mahalliy medikamentoz davolashni zamonaviy imkoniyatlari” kabi bir qator mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.

Anjuman kunning ikkinchi yarmida ham davom etib, unda Toshkent tibbiyot akademiyasi va Buxoro tibbiyot instituti professorlari tashkil etilgan forum doirasida rossiyalik hamkasblari bilan o‘zaro fikr almashdilar.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.