18 +  RSS  E-mail
13:44, 10 09 2018

Angorda mineral o‘g‘it ishlab chiqaradigan yirik korxona tashkil etiladi


Tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda mineral o‘g‘itlarning ahamiyati katta, deb ma’lum qiladi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

“Naturein Co.LTD” Janubiy Koreya Respublikasidagi mineral o‘g‘it ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniyalardan biridir.

Viloyat hokimligida ushbu kompaniya vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyatimizning Angor tumanida umumiy loyiha qiymati 18 mln. dollarga teng bo‘lgan mineral o‘g‘it ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rnatish, korxona foydalanishga topshirilgach qator yangi ish o‘rni yaratish masalalari kelishib olindi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.