18 +  RSS  E-mail
10:45, 09 09 2018

Limon, kartoshka va uksusdan elektr energiyasi


Shirador mevalar, kartoshka va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat odamzot oziqlanishi uchun, balki elektr asboblarini yoritish uchun ham xizmat qiladi. Ulardan elektr energiyasi olish uchun oddiy mix yoki shurup va misdan boʻlgan sim kerak. Elektr energiyasi paydo boʻlishini aniqlash uchun diodli yoritgich ham zarur.

Tajriba shundan iboratki, mis va rux elektrod  limon yoki uksusli nordon muhitga joylashtiriladi. Mix manfiy elektrod yoki anod vazifasini oʻtaydi. Misli sim esa musbat elektrod yoki katod boʻladi.

Nordon muhitda anod yuzasida oksidlanish jarayoni boshlanadi va erkin elektronlar ajratib chiqaradi. Ruxning har bir atomidan ikkita elektron ketadi. Mis kuchli oksidlanish xususiyatiga ega va u  ruxdan ajralgan elektronlarni oʻziga tortadi. Agar elektr zanjir yopilsa (unga lampochka ulansa), elektronlar anoddan katodga oʻtadi va zanjirda elektr energiyasi paydo boʻladi.

Uksusli  batareyka

Elektrolit sifatida uksusdan foydalanib, muz uchun shakldan koʻp elementli batareya yaratish mumkin. Shuruplar va misli sim elektrod sifatida foydalaniladi. Batareyaga uksus qoʻyilib, diodli yoritgich ulanadi. Asta-sekin osh tuzi solinib, aralashtirilsa, yorugʻlik koʻz oldimizda kuchayadi.

Limonli batareyka

Ichki toʻsiqlarni buzish uchun  limon qoʻlda eziladi, lekin poʻstlogʻi shikastlanmasligi lozim.  Mix (shurup) va misli sim limonga tiqiladi. Iloji boricha elektrodlar bir-biriga yaqin joylashishi, lekin tegmasligi kerak. Ular qanchalik yaqin boʻlsa, mevadagi ichki toʻsiq kamayadi. Oʻz navbatida, batareyka ichida elektrodlarning oʻzaro ion almashinuvi yaxshilansa, uning quvvati shunchalik koʻp boʻladi.

Kartoshka batareyka

Kartoshka — tabiatan ajoyib qolip va gal’vanik element uchun elektrolit. Kartoshka barqaror 0,5 V dan ziyod quvvat bergan. Limon esa 0,4 V. Uksusli idishning har bir boʻlagi esa 0,8 V quvvat berib, eng yuqori koʻrsatkichga ega. Koʻproq quvvat olish uchun elekmentlar ketma-ket ulanadi. Yuqori quvvatli elektr asboblari (ventilyator) uchun parallel ulaniladi.

Tuproqli batareyka

Tuproqning shoʻrlanish darajasi yuqori boʻlsa tuproqshunoslar uchun muammoni yuzaga keltiradi, lekin u elektrotexniklarga xursandchilik olib keladi. Yerda vodorod va alyumin ionlari boʻlgani uchun tuvakka rux va mis simlari tiqiladi va 0,2 V elektr energiyasi olinadi. Natija yuqori boʻlishi uchun tuproqqa suv quyiladi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.