18 +  RSS  E-mail
12:24, 06 09 2018

Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatov 22-sonli maktabga tashrif buyurdi


Joriy yilning 5 sentyabr kuni Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatov oʻzi bitirgan 22-sonli umumtaʼlim maktabida yangi oʻquv yili boshlanishi bilan oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etdi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati.

Tadbir davomida vazir Sh.Shermatov va ushbu maktabning yana bir bitiruvchisi — Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari K.Aripov bilan maktabning holati bilan tanishdi. Shuningdek, bitiruvchilar 9-11 sinf oʻquvchilari bilan mazmunli suhbat oʻtkazishdi hamda ularni hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun maktabdagi vaqtlarini unumli oʻtkazishga va yaxshi oʻqishga undadilar.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.